Page 66 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 66

suvlari  ta’sirida  og‘ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  havoning  miqdori
            keskin kamayadi (11-rasm).































                 11-rasm. Tuproq to‘la namlanganda tarkibiy qismining o‘zgarishi

                   Lekin,  asosiy  vazifa  ekinlarning  hosildorligining  muttasil  oshishini

            ta’minlash uchun butun vegetatsiya davomida tuproqda suv va havoning
            ma’lum nisbatini saqlashni taqozo qiladi.
                   Ko‘pgina  ma’lumotlar  shuni  isbotladiki,  sug‘orilgandan  so‘ng
            tuproqdagi  havo  bilan  band  bo‘lgan  g‘ovaklik  umumiy  g‘ovaklikka

            nisbatan 10-15 % past bo‘lsa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Shuning
            uchun  ham  tuproqning  havo  rejimini  yaxshilash  maqsadida  uning  ustki
            qismi etilishi bilanoq ishlov berish muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi.

            Vegetatsiya  vaqtidagi  asosiy  vazifa  –  tuproqning  ustki  qismini  g‘ovak
            holatda  saqlab  turishdir.  Cnunki,  hajm  og‘irlikning  keskin  ko‘tarilib
            ketishi, havo rejimining yomonlashuviga olib keladi.
                   Dehqonchilik tajribasida meliorativ jihatdan yomon xususiyatga ega

            bo‘lgan  tuproqlar  o‘zlashtirishning  dastlabki  davrlaridan  boshlab  yaxshi
            fizik xossalarga ega bo‘la boshlaydi (15-jadval). Dastavval melioratsiya va
            o‘zlashtirish tuproq hajm og‘irligining pasayishiga va bunga bog‘liq holda

            uning  g‘ovakligining  oshuviga  olib  keladi.  Ayniqsa,  kapillyar  suv  bilan
            band  bo‘lgan  g‘ovaklikning  oshishi  madaniy  o‘simliklar  uchun  zarur
            bo‘lgan suv jamg‘armasining ko‘payishiga sabab bo‘ladi (16-jadval).








                                                             63
   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71