Page 61 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 61

Bu ish 2 bosqichdan iborat.
                   Birinchi  bosqich  –  piknometrning  (ichidagi  qaynatilgan  suv  bilan

            birga)  og‘irligini  topish.  Buning  uchun  1  litrli  kolbaga  distillangan  suv
            solib, uni elektr yoki gaz plita ustiga qo‘yiladi va 45-60 minut davomida
            qaynatiladi. Qaynatishdan maqsad suvda yutilgan gazlarni (NH3, CO2 va

            h.k) chiqarib yuborishdir. Bu davr ichida tahlil uchun olingan piknometrlar
                                   3
            (50  yoki  100  sm )  yaxshilab  tozalanadi  va  raqamlanadi.  Piknometrlarga
            distillangan  suv  qaynatib  to‘ldiriladi  va  xona  haroratigacha  sovitiladi.

            Piknometrlardagi  suv  idish  bo‘g‘zidagi  chiziq  sathiga  to‘g‘rilanadi  va
            uning og‘irligi analitik tarozida aniqlanadi.
                   Ikkinchi  bosqich  –  suv  hamda  tuproq  bilan  birga  piknometrning
            og‘irligini  topish.  O‘lchangan  piknometrning  2/3  qismigacha  suv

            to‘ldiriladi.  So‘ngra  tahlil  uchun  tayyorlangan  tuproqdan  piknometr
            hajmiga  qarab  10  yoki  15  gramm  (analitik  tarozida)  o‘lchab  olinadi  va
            suvli piknometrga solinadi. Piknometr bo‘g‘zida yopishib qolgan zarralar

            suv  bilan  yuvib  tushiriladi  va  30  minut  davomida  gaz  yoki  elektr  plita
            ustida  tuproq  tarkibidagi  havoni  siqib  chiqarish  maqsadida  (vaqt
            piknometrdan  birinchi  pufakchalar  chiqqan  vaqtdan  boshlab  belgilanadi)
            qaynatiladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng piknometr xona haroratiga

            qadar sovitiladi (xona haroratiga keltirish maqsadida ertasigacha qoldirish
            mumkin).  So‘ngra  qaynatilgan  suv  bilan  bo‘g‘zidagi  chizig‘igacha
            to‘ldiriladi  va  yana  analitik  tarozida  tortiladi.  Sovitishni  tezlatish

            maqsadida  kristalizatordan  foydalanish  mumkin.  Bunda  kristalizator  suv
            bilan  to‘ldirilgan  hamda  unga  termometr  o‘rnatilgan  bo‘ladi.  Xatoliklar,
            ko‘pincha, tahlilning 1 va 2 bosqichlarida haroratning bir xil bo‘lmaganligi

            sababli bo‘ladi. Tahlil bilan bir vaqtda tuproqning gigroskopik namligini
            aniqlash  uchun  ham  namuna  olinadi.  Tuproq  solishtirma  og‘irligini
            aniqlash 2-3 marta takrorlanadi.

                   Tuproqning  solishtirma  og‘irligi  quyidagi  formula  yordamida
            hisoblanadi:

                                                   d =        A      ,
                                                          B   A  C
                   bu erda,
                                                                                         3
                   d – tuproq qattiq fazasining solishtirma og‘irligi, g/sm  hisobida;
                   A – absolyut quruq tuproq, g hisobida;
                   V – piknometrning suv bilan og‘irligi, g hisobida;

                   S – piknometrning suv hamda tuproq bilan og‘irligi, g hisobida.

                          A ni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

                                                             58
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66