Page 59 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 59

yuqori  qavat  tuproqlarining  u  yoki  bu  darajada  chirindi  moddasiga  ega
            bo‘lishi      va     suvga       chidamli       makroagregatlarning            mavjudligidir.

            Sug‘oriladigan  dehqonchilik  zonalari  tuproqlarida  haydalma  osti  qavati
            g‘ovakligining  keskin  pasayishi  unumdorlikni  pasaytiruvchi  asosiy  omil
            hisoblanadi.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  tuproq  hajm  og‘irligining  1,55-1,65
                   3
            g/sm   ga  ortishi,  umumiy  g‘ovaklikni  esa  40-45  %  atrofida  bo‘lishi
            o‘simlik ildizlarining eng ko‘p tarqalishi hisoblangan qavatda qoniqarsiz
            havo, suv va oziq rejimini vujudga keltiradi. Agronomik nuqtai nazardan

            bunday  salbiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  qavat  deyarli  hamma
            sug‘oriladigan tuproqlar uchun xosdir.
                   Respublikamiz er fondining asosini tashkil qiluvchi sahro tuproqlari,
            och  tusli  bo‘z  tuproqlar,  taqirlar,  sur  tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarning  pastki

            qatlamlarida (2 metrdan chuqurda) hajm og‘irlik keskin ko‘tarilib (1,7-2,0
                   3
            g/sm ) umumiy g‘ovaklik 20-35 % ga qadar pasayadi. Bu qatlamlarning
            kelib chiqishi tuproq hosil qiluvchi ona jinsning genezisi va tarkibi bilan

            bog‘liq  bo‘ladi.  O‘ta  zichlangan  bunday  qatlamning  mavjudligi  ularni
            o‘zlashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlarni
            amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda bunday erlar meliorativ
            nuqtai nazardan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan tuproqlar toifasiga kiritilgan.


                 §2.3. Tuproqning hajm va solishtirma og‘irligi hamda g‘ovakligini

                                                 aniqlash usullari

                   Tuproqning  hajm  og‘irligini  aniqlash,  odatda,  dala  sharoitida
            tuproq  qatlamlarining  tabiiy  holatini  buzmagan  holda  aniqlanadi.  (Hajm

            og‘irlikni  aniqlashning  biron-bir  ixchamlashtirilgan  laboratoriya  uslubi
            mavjud bo‘lmaganligi uchun ushbu bo‘limda uni aniqlashning laboratoriya
            uslubi  berilmaydi).  Bu  maqsad  uchun  har  xil  hajmdagi  silindrlardan

            foydalaniladi. Ma’lum hajmga ega bo‘lgan silindrlarning quyi qismi ancha
            o‘tkirlashgan bo‘lib, u tuproqni kesishga moslashtirilgan. Silindrning ustki
            qismida temir xalqa kiydirilgan bo‘ladi. Bu halqa tuproqni silindrda o‘ta
            zichlashib  ketishidan  saqlaydi.  Silindr  tuproqqa  yog‘och  yo‘nalgich

            yordamida kiritiladi.
                   Tuproqning hajm og‘irligini aniqlashga kirishishdan oldin silindrning
            og‘irligini, uning balandligini va kesadigan qismining diametrini aniqlash

            kerak, so‘ngra uning hajmi quyidagi formula bilan topiladi.
                                                                 2
                                                           V=πr ∙h,
                   bu erda,
                   v – silindr hajmi, sm  hisobida,
                                              3
                                                             56
   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64