Page 57 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 57
bo‘lishi kerak. G‘ovaklikning bunday ortishi tuproqning agregatlanishidan
darak beradi. Bu raqam oshgan sari tuproqning agregatlanishi ham osha
boradi. Agregatlanish darajasi jihatidan sahro tuproqlari bilan bo‘z
tuproqlar o‘rtasida katta farq bor. Umumiy g‘ovaklik masalasini
tekshirganda bu farq yana bir karra ko‘zga tashlanadi.
Tuproqning g‘ovakligini uning granulometrik tarkibiga asosan
baholaganimizda, O‘rta Osiyodagi sug‘oriladigan tuproqlar uchun biri
ikkinchisiga qarama-qarshi bo‘lgan quyidagi ikki tipni belgilashimiz
mumkin (13-jadval).
13-jadval
Tuproq tarkibidagi granulometrik guruhlar, % hisobida
(Rijov ma’lumotlari, 1959)
Granulometrik guruhlar Tipik bo‘z qumoq Taqirli qumoq
tuproqlarda tuproqlar
1-0,25 mm kattalikdagi suvga chidamli 30 5
agregatlar
0,25-0,001 mm kattalikdagi suvga chidamli 15 10
mikroagregatlar
Mexanik elementlar 55 85
Shu jumladan chang (0,05-0,001 mm) jami 40 60
Shu jumladan yirik chang (0,05-0,01 mm) 20 30
13 - jadval ma’lumotlari sahro va qisman bo‘z tuproqlarda 0,25 -
0,001 mm li zarrachalar va qisman mikroagregatlashgan zarrachalar hosil
bo‘lishida asosiy rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi.
Cho‘l mintaqasida, asosan 0,05-0,001 mm li zarrachalargina
tuproqning suv rejimini belgilaydi, chunki bu tuproqlarda ularning miqdori
taxminan 70 % ga etadi. Bu masalada bo‘z tuproqlarda ham aynan
shunday ahvol yuz berishi mumkin. To‘q tusli tipik bo‘z tuproqlarda,
xususan o‘tloqi tuproqlarda, makroagregatlar mavjudligi tufayli, suv
rejimini belgilashda yirik kovaklar katta rol o‘ynashi isbotlandi.
Shunday qilib, S.N.Rijovning (1941) hisoblashicha, sahro zonasida
va och tusli bo‘z tuproqlarda asosiy kovaklarning diametri 1µ mikron bilan
10 µ mikron o‘rtasida bo‘ladi. Diametri shu kattalikdagi kovaklar tipik
bo‘z tuproqlarda ham ko‘p uchraydi, lekin bu tuproqlarda diametri 100 µ
mikron va undan katta kovaklar miqdori ko‘proq bo‘ladi.
Ba’zi tuproqshunoslar (Sergeev, 1952) diametri,1µ mikrondan kichik
bo‘lgan kovaklarga suv to‘lgan bo‘ladi deb hisoblaydilar. V.Fransesson
(1948), N.K.Balyabo (1954) va boshqa mualliflar esa 5-7µ mikronli
diametrni shunday chegara deb hisoblaydilar.
54