Page 71 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 71

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  tuproq  hajm  og‘irligining
            o‘zgarishi va g‘ovakligi undagi suvga chidamli agregatlarning bo‘lishiga

            bog‘liqdir. Binobarin, chirindiga boy va strukturali tuproqlarda nokapillyar
            va  kapillyar  bo‘shliqlar  hamma  vaqt  mavjud.  Ular  normal  havo  va  suv
            almashinuvini  ta’minlab  turadi.  Og‘ir  mexanik  tarkibli  ko‘p  bo‘lsada,

            ularda suv va havoning erkin harakati juda past bo‘ladi. Tuproqning fizik
            xossalarini  yaxshilashning  bosh  yo‘li  –  agrotexnik  talablarga  javob
            beradigan ishlov jarayonini amalga oshirish hisoblanadi.


                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                   1.  Tuproqlarning umumiy fizik xossalariga qaysi xossalar kiradi?
                   2.  Tuproqning qattiq fazasining zichligi deb nimaga aytiladi?

                   3.  Solishtirma va hajm og‘irligining o‘lchov birligi nima?
                   4.  Solishtirma  og‘irlik  ko‘rsatkichi  tuproqning  qaysi  xossalariga
            bog‘liq bo‘ladi?

                   5.  Tuproqning hajm og‘irligi deb nimaga aytiladi?
                   6.  Tuproqning hajm og‘irligining dehqonchilikdagi ahamiyati?
                   7.  O‘zbekistonda  sug‘oriladigan  tuproqlarning  fizik  xususiyatlarini
            baholash bo‘yicha shkalasi kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?

                   8.  Tuproqning g‘ovakligi deb nimaga aytiladi?
                   9.  Tuproqning g‘ovakligini oshirish yo‘llari haqida gapirib bering?
                   10. Tuproqning g‘ovakligining o‘lchov birligi nima?



             §2.5. Tuproqlarning fizik-mexanik xossalari haqida umumiy tushuncha

                                              va ularning ahamiyati

                   Tuproqqa  sifatli  ishlov  berish,  urug‘larning  unib  chiqishi,  o‘simlik

            ildizlarining  tuproqning  turli  qatlamlariga  kirib  borish  holati  va
            o‘simliklarning  o‘sib  rivojlanish  sharoitlari  uning  fizik  -  mexanik
            xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
                   Fizik  -  mexanik  xossalar,  birinchidan  tuproqning  xususiyatlarini

            (kimyoviy tarkibi va fizik xossalari) o‘zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan
            tuproqqa  ishlov  berish  nuqtai  nazaridan  uni  baholashda  muhim  o‘rin
            tutadi.

                   Fizik-mexanik           xossalarni       o‘rganish        tuproqning        texnologik
            xususiyatlarini baholashda, ya’ni erlarga ishlov berishda, ekish va yig‘ib-
            terib olishda, tuproqqa ishlov berishda qo‘llaniladigan xilma-xil qurollarni
            joriy  qilishda,  shuningdek,  haydov  mashinalari,  ayniqsa,  ularning  ishchi
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76