Page 72 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 72

qismlari konstruksiyasi, tortish kuchi, ishlov berish uchun sarf bo‘ladigan
            yonilg‘i  miqdorini,  tuproq  strukturaliligini  saqlash  uchun  kerakli  namlik

            chegarasini aniqlash kabi muhim texnologik jarayonlarni o‘rganishda katta
            ahamiyatga ega.
                   Tuproqning  fizik-mexanik  xossalariga  tuproqning  plastikligi,

            tuproqning  yopishqoqligi,  tuproqning  bo‘kishi  va  cho‘kishi,  tuproqning
            ilashimligi,  tuproqning  qattiqligi,  tuproqning  solishtirma  qarshiligi,
            tuproqning fizik etilganligi kabi xususiyatlari kiradi.

                   Tuproqning           plastikligi.       Tuproq-gruntning           ma’lum        namlik
            darajasida  tashqi  kuchlar  ta’sirida  bir  butunligini  buzmagan  holda  o‘z
            shaklini o‘zgartirishi va bu holatni mexanik kuchlar to‘xtaganidan keyin
            ham saqlab qolish xususiyati – tuproqning plastikligi deyiladi.

                   Tuproq  tarkibidagi  gilli  minerallar,  jumladan  montmorillonitning
            ko‘p  saqlanishi  uning  plastiklik  xossasini  oshiradi.  Plastiklik  mexanik
            tarkib  bilan  uzviy  bog‘liq:  og‘ir  (soz  qumoq)  tuproqlar  ma’lum  namlik

            darajasida, bunday xossani o‘zida yaxshi aks ettiradi.
                   Tuproq namligiga ko‘ra (Atterberg bo‘yicha) plastiklikning quyidagi
            konstantalari ajratiladi:
                   Plastiklikning  yuqori  chegarasi  –  shunday  namlik  hisoblanadiki,

            unda standart (76 g) konussimon metall moslama o‘z og‘irlgi bilan tuproq
            orqali 10 mm chuqurlikkacha kirib boradi.
                   Plastiklikning quyi chegarasi – tuproq namunasini 3 mm ga qadarli

            ip  holida  eshilganda,  unda  ajralib  ketishlar  ro‘y  bermaydigan  holatdagi
            namlikdir.
                   Plastiklik miqdori (PM) – plastiklikning yuqori chegarasi bilan quyi

            chegarasi  o‘rtasidagi  farq  hisoblanadi.  Bu  farq  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,
            tuproq va gruntning plastikligi ham shuncha kattadir
                  Qurilish  ishlarida  gruntlarning  plastiklik  miqdoriga  qarab  quyidagi

            klassifikatsiyaga bo‘lish taklif etilgan:
                     Plastikligi yuqori gruntlar – PM -> 17
                     Plastik gruntlar – PM – 17 – 7

                     Plastikligi past gruntlar – PM – 7 – 0
                     Plastiklik qobiliyati ifodalanmagan gruntlar – PM – 0.

                   Bu  klassifikatsiya,  asosan,  gruntlarni  faqatgina  qurilish  maqsadlari
            uchun  baholashda  qo‘llanilmasdan,  balki  ularni  keramika  sanoati  uchun
            baholashda ham katta ahamiyatga ega.







                                                             67
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77