Page 77 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 77
Tuproqning har xil deformatsiyalovchi kuchlarga (elastiklik, surilish,
cho‘zilish, siqilish, bukilishlarga) qarshilik ko‘rsatishi ham muhim fizik-
mexanik ko‘rsatkich bo‘lib, ularni o‘rganish gruntlarga qurilish nuqtai
nazaridan baho berishda muhim o‘rin tutadi.
Tuproqqa ishlov berayotgan vaqtda tuproq agregatlari va zarrachalari
tuproqqa ishlov berish vositalarining ishchi organlari yuzasiga va o‘zaro
ishqalanadi. Birinchisi – tashqi, ikkinchisi – ichki ishqalanish deb
yuritiladi. Tuproqning ishqalanish miqdori shu ikkala kuch yig‘indisiga
teng bo‘ladi va tuproqning mexanik tarkibiga bog‘liq holda o‘zgarib
boradi: bu miqdor og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda eng katta
ko‘rsatkichga ega. Tuproqning plastikligi, yopishqoqligi, qattiqligi,
cho‘zilishi, ishqalanishi kabi fizik-mexanik ko‘rsatkichlari tuproqqa ishlov
berish jarayonida ish qurollariga qarshilik ko‘rsatadi.
Tuproqqa ishlov berish uchun sarf qilingan kuchlarning yalpi
ko‘rsatkichlari tuproqning solishtirma qarshiligi hisoblanadi.
Tuproqning solishtirma qarshiligi deb, qatlamni qirqish, ag‘darish
hamda qarshilikni engish uchun sarf bo‘lgan kuch miqdoriga aytiladi va
2
tuproq qatlami ko‘ndalang kesimining 1 sm yuzasiga necha kg kuch sarf
bo‘lgani bilan aniqlanadi.
Plug bilan ishlov berishdagi qarshilik quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
R=K∙a∙v
bu erda,
R – tuproqning haydash vaqtidagi qarshiligi, kg/sm ;
2
2
K – tuproqning solishtirma qarshiligi, kg/sm ;
a - haydalgan qatlamning chuqurligi, sm;
v - haydalgan yuzaning kengligi, sm.
Solishtirma qarshilik miqdori K haydash tezligi sekundiga 1 m
bo‘lsa, tuproqning mexanik tarkibiga qarab quyidagi miqdorlarga teng
bo‘ladi:
2
qumli tuproqlarda – 0,3 kg/sm .
2
o‘rtacha qumoq tuproqlarda – 0,5 kg/sm .
og‘ir tuproqlarda – 0,6 – 0,9 kg/sm .
2
Solishtirma qarshilik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, haydalayotgan barcha
tuproqlar 4 guruhga bo‘linadi:
2
Engil tuproqlar solishtirma qarshiligi - 0,2-0,35 kg/sm ;
2
O‘rtacha tuproqlar solishtirma qarshiligi – 0,35-0,5 kg/sm ;
2
Og‘ir tuproqlar solishtirma qarshiligi – 0,55-0,8 kg/sm ;
72