Page 81 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 81

o‘zining sof og‘irligi bilan belgilangan 10 mm li chiziqqacha kirsa, tahlil
            tamom bo‘lgan hisoblanadi.

                   Bordi-yu, konusning o‘tkir uchi bu jarayonda belgilangan 10 mm li
            chiziqdan o‘tib ketsa, unda xamirsimon massadan bir oz namlikni parlatish
            lozim,  agarda  10  mm  li  chiziqqa  etmasa,  uni  bir  oz  namlash  kerak.

            Shundan so‘ng darhol tuproq massasidan uning namligini aniqlash uchun
            namuna  olinadi.  Namlikni  aniqlash  va  hisoblash  gigroskopik  namni
            o‘rganish tartibida olib boriladi.




























                           12-rasm. Vasilev balansirli konusining umumiy ko‘rinishi:
            1-tuproq  namunasi  o‘rnatiladigan  maxsus  moslama;  2-bir  xil  shakldagi  va
            og‘irlikdagi 2 ta metall shar; 3-konusining markaziy ushlagichi; 4-o‘tkir uchli konus
            (uning  umumiy  balandligi  25  mm,  tuproq  massasiga  kirish  balandligi  10  mm);  5-
            yopishqoqligi  aniqlanishi  kerak  bo‘lgan  namlangan  tuproq  namunasi  solingan
            alyumin stakancha.

                   Tahlil  3-4  marta  takrorlandi.  Olingan  ma’lumotlar  absolyut  quruq  tuproq
            massasiga  nisbatan  foiz  hisobida  beriladi  va  bu  ko‘rsatkich  tuproq

            yopishqoqligining quyi chegarasi deb hisoblanadi.
                   Tuproq         yopishqoqligining            yuqori        chegarasini         aniqlash
            (Atterberg uslubi). Tuproq yopishqoqligining quyi chegarasini aniqlashda
            qolgan xamirsimon massaga har bir tuproq namunasi olingan chuqurlikka

            monand  holda  tuproq  solinib,  yaxshilab  aralashtiriladi.  So‘ngra
            tayyorlangan tuproq massasidan bir bo‘lak olib, kaftlar orasida qalinligi 3-
            4  mm  keladigan  loyli  shnur  qilinadi,  so‘ngra  uni  kaftda  ozgina  siqilgan

            holda tekis yaltiroq oq qog‘oz ustida yumatiladi. Yumalatish loyli shnur
            kattaligi 0,5-1,0 sm bo‘lakchalarga etguncha davom ettiriladi. So‘ngra bu



                                                             76
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86