Page 79 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 79
siqim tuproq olib siqiladi. So‘ngra siqilgan tuproq 150 sm balandlikdan
erga tashlanadi. Agarda tashlangan tuproq agregatlarga (turli kattalikdagi
kesakchalarga) ajralib ketsa, tuproq etilgan va uni haydash kerak. Siqilgan
tuproq tashlanganda agregatlarga bo‘linmasi (uvalanmasa) hali tuproqning
etilishi uchun ancha vaqt bor.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, haydov ishlari “fizik etilganlik”
sharoitida olib borilganda ishlov berilayotgan tuproqlar juda yumshoq,
serg‘ovak, sochilib turuvchi mayda kesakchali bo‘ladi. Yonilg‘i va
mexanik kuchlar kam sarflanadi. Tuproqning “fizik etilganlik”
darajasidagi namlik ko‘rsatkichi uning mexanik tarkibiga (qumli va
qumloq tuproqlar bundan istisno) ko‘ra 15-20 % atrofida bo‘lib, dala nam
sig‘imining 65-75 % ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, tuproqning fizik-mexanik xossalari ekinlarni o‘stirish
texnologiyasida e’tiborga olinishi kerak. Bu maqbul sharoitlar ma’lum
darajada tuproqning biologik, kimyoviy xossalarini yaxshilashga
qaratilgan agrotexnika tadbirlarini olib borish natijasida yaratiladi. Qishloq
xo‘jalik ekinlarini etishtirish va ularning talabiga javob beradigan
texnologiyadan samarali foydalanishda qishloq xo‘jalik sohalari
mutaxassislari fizik-mexanik xossalari ko‘rsatkichlarining maqbul
parametrlarini yaxshi bilishi kerak.
§2.6. Tuproqning fizik- mexanik xossalarini aniqlash usullari
Tuproqning ilashimligini aniqlash. Tuproqning ilashimligi deb,
tuproq bo‘lakchalarining bir-biridan ajralib ketishiga va maydalanishiga
sabab bo‘ladigan mexanik kuchlarga qarshi tura olish xususiyatiga
aytiladi. Tuproqning bu xususiyati uning mexanik tarkibi, strukturalilik
holati, kimyoviy tarkibi, namlik darajasiga qarab o‘zgarib turadi. Ayniqsa,
tuproq mexanik tarkibining o‘zgarishi uning ilashimligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni og‘ir tuproqlarda ilashimlik eng yuqori, o‘rta (qumoq)
hamda strukturali tuproqlarda – o‘rtacha (optimal) va nihoyat, engil va
qumli tuproqlarda past bo‘ladi.
Ish tartibi. 1-usul. Ilashimligi aniqlanmoqchi bo‘lgan tuproq
teshiklari 3 mm li elakchadan o‘tkaziladi. Undan kattaligi 2x2x2 sm li
0
g‘ishtsimon bo‘lakchalar tayyorlanadi, bo‘lakchalar 105 S haroratda
termostatda o‘zgarmas og‘irlikka kelgunga qadar quritiladi. So‘ngra
termostatdan olib, Atterberg asbobidagi disk tagiga qo‘yiladi. Tuproqdan
yasalgan bo‘lakchalar buzilguncha disk ustiga asta-sekin tarozi toshi
74