Page 82 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 82
bo‘lakchalardan 5-10 g olib, ularning namligini aniqlashga kirishiladi.
Namni aniqlash jarayoni yuqoridagi bo‘limlarda bayon etilgan.
Tuproq yopishqoqligining quyi va yuqori chegaralarini topish orqali
biz ma’lum tuproq uchun xos bo‘lgan yopishqoqlik sonini hisoblash
imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yopishqoqlik soni quyidagi formula asosida
hisoblanadi.
W=W1 – W2,
bu erda,
W – yopishqoqlik soni, tuproq massasiga nisbatan % hisobida.
W1 – yopishqoqlikning yuqori chegarasi, % hisobida.
W2 – yopishqoqlikning quyi chegarasi, % hisobida.
§2.7. Sug‘orish davrida tuproq fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi
Dehqonchilik faoliyati va uzoq muddatli sug‘orish tuproqning
morfologik tuzilishini, kimyoviy tarkibi, fizik va meliorativ holatlarini
o‘zgartirib qolmasdan, balki uning fizik-mexanik (texnologik)
xossalarining o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi.
M.U.Umarovning (1974) ma’lumotlari bo‘yicha sug‘orish muddati
Qarshi cho‘li taqirli tuproqlarining fizik-mexanik xossalariga, ayniqsa,
uning qatqaloqlanish jarayonining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Sug‘orish natijasida taqirli tuproqlarning plastiklik sonlari qo‘riq
maydon tuproqlariga qaraganda birmuncha ortadi. Masalan, ko‘rik va
partov erlarning taqirli tuproqlarida plastiklikning yuqori chegarasi 23-28
% oralig‘ida bo‘lsa, sug‘oriladigan maydonlarda esa bu ko‘rsatkich 25-31
% ni tashkil qiladi. Demak, sug‘oriladigan taqirli tuproqlarning ishlov
diapozoni birmuncha keng hisoblanadi.
Sug‘orish davri, ayniqsa, taqirli tuproq haydalma qatlamining
uvoqlanish (agregatlarga ajralish) darajasiga ancha ta’sir qiladi (20-
jadval).
Eng oldin tuproqlarning fizik etilganlik ko‘rsatkichi ularning
plastikligining quyi chegarasi holatidagi namlik darajasiga juda yaqin
bo‘lishi harakterlidir. Bunday holat, ayniqsa, qadimdan sug‘oriladigan
taqirli tuproqlarning fizik etilganligida aniq ko‘rinib turadi, ya’ni mazkur
tuproqda plastiklikning quyi chegarasi 19,8 % ni tashkil etsa, uvoqlanish
namligi esa – 20,2 % ga teng (21-jadvallar).
Jadvaldan faqatgina qadimdan sug‘oriladigan taqirli tuproqning
haydalma qatlami eng yaxshi uvoqlanish xususiyatiga ega ekanligi
77