Page 78 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 78
2
O‘ta og‘ir tuproqlar solishtirma qarshiligi – 0,8-2,0 kg/sm .
Solishtirma qarshilik tuproq namligi ortishi bilan o‘zgarib boradi.
Tuproqning namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65-70 % bo‘lganda (fizik
etilganlik) solishtirma qarshilik eng kam bo‘ladi.
V.N.Goryachkin er traktor plugi bilan haydalganda uning tortish
kuchi (ρ) ni aniqlash uchun quyidagi ratsional formulani taklif etadi:
2
ρ=vg+Kαv+ευ a∙v
bu erda,
v - ishqalanish koeffitsienti;
g - plug og‘irligi, kg;
2
K – solishtirma qarshilik, kg/sm ;
a - haydalgan qatlam chuqurligi, sm;
v - haydalgan yuza kengligi, sm;
υ - tezlik, m/sek;
ε - otval shakli va tuproq xossalariga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient.
ε - qatlam massasining otval bo‘yicha harakatlanib, jo‘yaklarga
ag‘darilgandagi inersiyani engish uchun sarflangan kuchni ifoda etadi.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, bu kuch traktor tezligi kvadratiga to‘g‘ri
proporsional bog‘liqlikda bo‘ladi. Solishtirma qarshilik, odatda,
dinamometrlar yordamida o‘lchanadi.
Kam kuch sarflanib yaxshi va sifatli ishlanish holatiga tuproqning
fizikaviy etilganligi deyiladi. Fizik etilish holati tuproqning namligi bilan
belgilanadi va uning mexanik tarkibi hamda strukturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqning “fizik etilganligi” uning mexanik tarkibi va namligi bilan
bog‘liq. Qumoq va soz tuproqlar fizik etilgan holatda haydalganda osonlik
bilan uvoqlarga ajraladi. Engil tuproqlarda yopishqoqlik uncha
ifodalanmaganligi uchun haydov ishlarini bir qancha yuqori namlik
sharoitida olib borish mumkin, bu jihatdan “fizik etilganlik” bu tuproqlar
uchun muhim rol o‘ynamaydi. Og‘ir tuproqlarning yopishqoqlik darajasi
ko‘p jihatdan namlik bilan bog‘liq emas. Shuning uchun tuproqqa ishlov
berishda uning “fizik etilganlik” holatiga e’tibor berish zarur.
Yuqori namlikda haydalganda tuproq yaxlit kesakli qatlam hosil
qilib, quriganda uning strukturasi kuchli ravishda buziladi. O‘ta nam va
qurigan erlarni haydash natijasida tuproqning unumdorligi bir necha yil
davomida yomonlashib boradi.
Tuproqning “fizik etilganlik” holatini aniqlash quyidagicha amalga
oshiriladi: haydalishi kerak bo‘lgan maydonning 5-10 sm chuqurligidan bir
73