Page 80 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 80
qo‘yib boriladi. Tuproqning toshni ko‘tarishi uning ilashimlik darajasini
ko‘rsatadi.
2-usul. Daladan keltirilgan tuproq namunasi teshiklari 7-5 mm li
elakchadan o‘tkaziladi. So‘ngra undan 50 dona agregat bo‘lakcha ajratib
0
olinadi va termostatda 4-5 soat davomida 105 S haroratda quritiladi.
Quritishdan maqsad, yutilgan suvni (gigroskopik) bug‘lantirib yuborish
hisoblanadi, chunki tuproqning namligi oshishi bilan uning ilashimligi
keskin kamayadi, so‘ngra termostatdan olib, maxsus tarozida agregat
bo‘lakchalarning ilashimligi aniqlanadi. Bunda ham xuddi birinchi
usuldagidek, agregat bo‘lakchalar texnik tarozining o‘ng pallasida
moslashtirilgan disk tagiga qo‘yiladi, tarozining chap pallasiga esa tarozi
toshlari qo‘yiladi. Tahlil agregat bo‘lakchalar buzilguncha davom
ettiriladi. Olingan ma’lumotlar ilashimlik mexanik tarkibiga qarab
agregatlarni (7-5 mm) buzish uchun soz (og‘ir) tuproqlarda 8-10 kg, taqir
tuproqlarda 20-35 kg, qumoq tuproqlarda 3-4 kg, qumli tuproqlarda 0,2-
0,4 kg og‘irlik talab etishini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik hollarda ilashimlikni aniqlash agregatlarning suvga
chidamligini aniqlash (Vilenskiy uslubi) ishi bilan bir vaqtda olib borilishi
maqsadga muvofiqdir, chunki bu ikkala xossa ma’lumotlari tuproqqa fizik
tafsilot berishga imkon beradi. Masalan, tuproq agregatlari katta
ilashimlikka ega-yu, lekin ularning suvga chidamliligi juda past yoki
aksincha, ilashimlik past, lekin agregatning suvga chidamliligi yuqori
bo‘ladi.
Tuproq yopishqoqligining quyi chegarasini aniqlash. Bu uslub
A.M.Vasilev tomonidan taklif etilgan “balansirli konus” asbobning
konussimon qismini o‘z og‘irligi ta’sirida (asbobning sof og‘irligi 76 g)
tuproqdan tayyorlangan xamirsimon massaga 10 mm chuqurlikka kirishi
va bu tuproq massasining namligini aniqlashga asoslangan A.M.Vasilev
asbobining umumiy ko‘rinishi (12-rasm).
Ish tartibi. Diametri 12 sm bo‘lgan chinni piyolachaga fizik tahlillar
uchun tayyorlangan tuproqdan 30-40 g olib xamirsimon massa qilinadi.
Agregatlarning (zarrachalarning) bir me’yorda namlanishini ta’minlash
uchun xamirsimon massa tagiga solingan maxsus eksikator bir sutka
davomida qoldiriladi. Ertasi kun xamirsimon massa yaxshilab
aralashtirilib, maxsus alyumin stakanchaga zich qilib joylashtiriladi.
So‘ngra stakandagi xamirsimon massa yuzasi maxsus temir yoki qattiq
plastmassa shpateli bilan tekislanadi va stakancha maxsus yog‘och
supacha (podstavka) ustiga qo‘yiladi. Uning yuzasiga konusning o‘tkir
uchini to‘g‘rilab darhol qo‘lni olish lozim. Agar konusning o‘tkir uchi
75

