Page 73 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 73

Og‘ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarning  plastikligi  turli  namlik
            darajasida  har  xil  shakldagi  holatni  namoyon  qiladi.  Buni  quyidagi  17-

            jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
                                                                                                17-jadval

               Og‘ir qumoqli va soz tuproqlarning turli darajada namlangandagi
                                        holati (Priklonskiy ma’lumoti)


                Tuproq massasining              Eng xarakterli belgilar          Namlanganlik ko‘rsatkichi
               namlangandagi holati                                                 (Atterberg bo‘yicha)
                  Suyuq oquvchan           Namlangan tuproq massasi yupqa
                                                qatlam holatida oqadi.
                  Mayin oquvchan           Namlangan tuproq massasi qalin       Qattiqlanish holatiga o‘tish
                                                qatlam holatida oqadi.                   chegarasi
                Yopishqoq plastiklik     Namlangan tuproq massasi plastiklik       Plastiklikning yuqori
                                          xossasiga ega hamda chet jismlarga           chegarasi yoki
                                                      yopishadi                    oquvchanlikning quyi
                                                                                         chegarasi
                  Mayin plastiklik       Namlangan tuproq massasi plastiklik      Yopishqoqlik chegarasi
                                          xossasiga ega, lekin chet jismlarga
                                                     yopishmaydi
                  Yarim qattiqlik          Namlangan tuproq massasi yarim
                                             qattiq jism xususiyatiga ega
                       Qattiq                 Tuproq massasi qattiq jism            Cho‘kish chegarasi
                                         xususiyatiga ega. Tuproq hajmi uning
                                          namlik darajasida o‘zgarishi bilan
                                                     o‘zgarmaydi


                   18-jadvalda sug‘oriladigan sahro tuproqlarning ayrim tiplari misolida
            ularning plastiklik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra
            o‘rganilgan  tuproqlarda  plastiklikning  yuqori  va  quyi  chegaralari

            birmuncha yaqin hisoblanadi, chunki mexanik tarkib jihatdan ular qumloq
            va  engil  qumoq  tuproqqa  kiradi.  Yuqoridagi  klassifikatsiya  bo‘yicha  bu
            tuproqlar quyi plastiklik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan tuproqlardir.

                   Tuproq  plastikligini  tushuntiruvchi  bir  qancha  nazariyalar  mavjud.
            Bir  guruh  olimlar  buni  izohlash  uchun  loyqa  zarrachalarning  plastiklik
            shaklini  asos  qilib  oladilar.  Ularning  fikricha,  loyqa  zarrachalar  yupqa

            plastinkali  (qat-qat)  shaklga  ega  bo‘lganligi  uchun  namlanganda  bu
            zarrachalar  o‘z  yaxlitligini  buzmagan  holda  biri  ikkinchisining  ustidan
            sirg‘alishiga  asoslanadi.  Ikkinchi  guruh  olimlar  mayda  zarrachalarning





                                                             68
   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77   78