Page 74 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 74
(kolloid) xususiyatlarini, ya’ni zarrachalar atrofida hosil bo‘lgan yupqa suv
pardalari va ularning o‘zaro torishish kuchini asos qilib oladilar.
18-jadval
Sug‘oriladigan sahro tuproqlarining plastikligi
(absolyut quruq tuproq vazniga nisbatan % hisobida)
Tuproqlar Chuqurligi Plastiklikning Plastiklikning Plastiklik soni
yuqori chegarasi quyi chegarasi
(Vasilev (Fedorov
bo‘yicha) bo‘yicha)
Sur tusli 0-28 26,52 19,14 7,38
qo‘ng‘ir 28-36 26,66 17,50 9,16
36-59 26,62 19,70 6,91
59-110 22,11 14,50 7,61
O‘tloqi 0-28 25,07 18,18 6,89
allyuvial 28-38 23,78 16,18 7,10
38-60 26,71 17,53 9,14
60-130 31,30 21,87 9,43
130-165 29,07 20,10 8,97
165-228 26,18 16,97 9,21
O‘tloqi-taqirli 0-30 25,24 18,63 6,61
30-39 24,97 16,75 8,22
39-99 27,66 15,18 12,48
99-132 27,27 18,86 9,01
132-162 24,04 12,34 11,67
162-220 29,77 20,23 9,54
Yopishqoqlik deb nam tuproq massasining ishlov berish asboblariga
yopishishiga (ilashishiga) aytiladi. U tuproqning eng muhim fizik mexanik
xossasi hisoblanadi.
Yopishqoqlik nam tuproqdan metall plastinkani ajratib olish uchun
2
sarf bo‘ladigan kuch bilan o‘lchanadi. Bu kuch g/sm da ifodalanadi.
Nam tuproq massasining yopishqoqligi plastiklikning quyi va yuqori
chegarasi o‘rtasidagi eng katta ko‘rsatkichga ega. Yopishqoqlik
namlikning ma’lum darajada oshib borishi bilan o‘zgaradi. Tuproq o‘ta
namlanganda esa-yopishqoqlik ko‘rsatkichi pasayadi. Chunki, tuproq o‘ta
namlanganda plastinka bilan tuproq massasi orasida erkin suv pardasi
vujudga kelib, ular o‘rtasidagi yopishqoqlik kuchi birmuncha kamayadi.
69