Page 86 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 86

III - BOB. TUPROQ STRUKTURASI


              §3.1. Tuproq strukturasi va  uning turlari. Strukturaning  hosil bo‘lishi

                   Tuproq qattiq fazasi har xil katta-kichiklikdagi o‘ziga xos tarkib va

            xususiyatga  ega  bo‘lgan  mexanik  elementlar  majmuasidan  iborat.  Bu
            elementlar  tabiiy  sharoitda  yakka  holda  hamda  o‘zaro  bir-birlariga  ta’sir
            etadi yoki munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ham yuza tortilish kuchi
            hamda  bir  qator  ichki  va  tashqi  kuchlar  ta’sirida  ikki  yoki  undan  ortiq

            mexanik elementlar jipslashib tuproq agregatlarini vujudga keltiradi. O‘z
            navbatida  bu  agregatlar  biologik  va  gidrotermik  omillar  ta’sirida  yanada
            yiriklashib tuproqning struktura bo‘lakchalarini vujudga keltiradi. Agregat

            bo‘lakchalar  o‘z  navbatida  tuproqdagi  suv  va  havo  harakatiga  yoki
            tuproqda kechadigan jarayonlarning barchasiga ta’sir ko‘rsatadi.
                   Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil

            kattalikka,  shaklga,  chidamlilikka  (suvga)  ega  bo‘lgan  agregatlar
            yig‘indisiga aytiladi.
                   Tuproqda 3 xil (kubsimon, prizmasimon, plitasimon) struktura farq

            qilinib, ular bir necha turdan iborat bo‘ladi (22-jadval, 13 - rasm).

                                                                                                22-jadval

                            Tuproq struktura bo‘lakchalarining klassifikatsiyasi

                                                (S.A.Zaxarov bo‘yicha)

                      Turi                            Xili                     Agregat, yirik-maydaligi, mm
                    Palaxsa                     1 tip. Kubsimon
                                                  yirik palaxsa                            > 10
                                                 mayda palaxsa                            10 – 1
                   Kesakcha                      yirik kesakcha                           10 – 3
                                                    kesakcha                               3 – 1
                                                mayda kesakcha                           1 – 0,05

                To‘zon (chang)                   to‘zon (chang)                            0,05

                Yong‘oqsimon                  yirik yong‘oqsimon                           > 10
                                                 yong‘oqsimon                             10 – 7
                                              mayda yong‘oqsimon                           7 – 5
                   Donador                       yirik donador                             5 – 3
                                                    donador                                3 – 1
                                                mayda donodor                            1 – 0,05
                  Ustunsimon                  2 tip. Prizmasimon
   81   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91