Page 88 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 88

I-tip:1-yirik kesakchali; 2-o‘rtacha kesakchali; 3-mayda kesakchali; 4-changsimon; 5-yirik
            yong‘oqchasimon; 6-yong‘oqchasimon; 7-mayda yong‘oqchasimon; 8- yirik donador; 9-donador;
            10-kukunsimon; 11-tuproq “marjonlari”.
                   II-tip: 12-13-ustunsimon; 14-yirik prizmasimon; 15-prizmasimon; 16-mayda prizmasimon;
            17-juda mayda prizmasimon.
                   III-tip:  18-slanetssimon;  19-plastinkasimon;  20-bargsimon;  21-
            dag‘al tangasimon; 22-mayda tangasimon.
                   Dehqonchilik  tarixida  strukturali  tuproqlarning  suv,  havo  va  oziq

            rejimi  yaxshi  bo‘lishi  isbotlangan.  Bu  borada  V.V.Dokuchaev,
            P.A.Kostыchev,  V.R.Vilyams,  K.K.Gedroys,  N.A.Kachinskiy,  I.B.Revut
            kabi  etuk  olimlarning  xizmatlari  katta.  Strukturali  tuproqning  afzalligi

            shundaki,  uning  kovakligi  ayni  vaqtda  ikki  kategoriyaga  bo‘linadi:
            ingichka,  qil  (diametri  0,05  mm  dan  kichik)  va  yirik  kovakli,  ko‘pincha
            agregatlararo kovakli ham (diametr 0,2 mm dan kattaroq) bo‘ladi.
                   Tuproqda  bu  kovaklar  mavjud  bo‘lsa,  uning  barcha  eng  muhim

            xossalari  –  suv,  havo  xossalari,  mikrobiologik  va  texnologik  sharoitlari
            o‘zaro muvofiqlashadi. Natijada tuproq unumdorligi yuqori va ekilgan har
            qanday  ekindan  mo‘l  hosil  olinadi.  Bunday  strukturaga  ega  bo‘lmagan

            tuproqlar madaniylashmagan, unumdorligi past hisoblanadi.
                   Tuproq strukturasining eng muhim xususiyati – mayda kesakchali va
            donadorligidir.  Diametri  0,25  –  10  mm  kattalikdagi  kesakchalarining
            suvga chidamliligidir. Agregat bo‘lakchaning qaysi bir shakliga agronomik

            jihatdan baho bermoqchi bo‘lsak suvga chidamli  makro -  (diametri 0,25
            mm dan katta) va mikroagregatlar (diametri 0,25 mm dan kichik) miqdori

            inobatga olinadi (23-jadval).
                                                                                                23-jadval
                   Suvga chidamli agregatlarining miqdoriga qarab tuproqning

                  strukturaliligini baholash shkalasi (M.Umarov, J.I.Ikromovlar

                                                     ma’lumoti)


                  Ko‘rsatkichlar        Ko‘rsatkichlar                          Bahosi
                                            miqdori
            Suvga  chidamli  agregat-         > 25        Yaxshi    strukturali    –   tipik   bo‘z   tuproq
            lar miqdori (0,25 mm dan                      mintaqasining  botqoq,  botqoq-o‘tloq  tuproqlarining
            katta agregatlar yig‘in-disi                  haydaladigan qatlamiga xos.
            bo‘yicha        og‘irligiga     15 - 25       O‘rtacha  strukturali  –  madaniylashgan  bo‘z
            nisbatan % hisobida                           tuproqlar va bedazorning o‘tloqi tuproqlariga xos.
                                            10 - 15       Engil  strukturali  –  eroziyalangan  tipik  bo‘z
                                                          tuproqlar,  sug‘oriladigan  bo‘z  tuproq  va  cho‘l
                                                          mintaqasidagi gidromorf tuproqlarning haydaladigan
                                                          qatlamiga xos.
                                                             83
   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93