Page 92 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 92

Shunday  qilib  yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  O‘rta  Osiyoda
            sug‘oriladigan  tuproqlarning  strukturalilik  holati  MDHning  Evropa

            qismida joylashgan tuproqlardan farq qilishini ko‘rsatadi.


































                 14 – rasm. Tuproq agregatli holatining ho‘l va quruq elashda o‘zgarishi:
                                   1-og‘ir qumoq; 2-soz tuproq; 3-o‘rtacha qumoq

                  Tuproq strukturasining hosil bo‘lishi. Tuproq strukturasining hosil

            bo‘lishi unda mavjud bo‘lgan kolloidlarning xossa va xususiyatlari bilan
            hamda  kolloidlarning  tuproq  eritmasidagi  xarakteri  bilan  bog‘liq.
            Dastavval  kolloidlar  koagulyasiya  jarayonida  amorf  holatdan  qattiq

            (cho‘kma) holatga o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. “Koagulyasiya”
            termini  lotincha  “soagulatis”,  ya’ni  cho‘kmoq,  ivimoq,  quyilmoq

            ma’nosini beradi.
                  Koagulyasiya  jarayonida  dastlab  tabiiy  agregatlar  keyinchalik
            birlamchi  agregatchalar,  elektr  zaryadlari  ta’sirida  yoki  yuza

            energiyasining  mavjudligi  tufayli  ikkinchi,  uchinchi  va  yuqori  tartibli
            mikroagregatlar vujudga keladi.

                  Bu  tartibda  hosil  bo‘lgan  agregat  bo‘lakchalar  keyinchalik  har  xil
            yo‘llar bilan yiriklasha boradi. Keyingi yillarda olib borilgan tekshirishlar
            agregatlarning  suvga  chidamliligi  va  mexanik  qattiqligi  gidromorf

            tuproqlarning  pastki  qatlamlaridagi  issiqlik  va  suv  rejimlarining
            o‘zgarishidan  kelib  chiqadigan  kimyoviy  jarayonlar  –  oksidlanish  va


                                                             87
   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96   97