Page 97 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 97

3
            chuqurlikda haydalsa, insoniyat har yili 1000 km  tuproqni ag‘dar-to‘ntar
            qilgan  bo‘ladi.  Bu  esa  butun  er  sharidagi  daryolarning  dengiz  va
            okeanlarga  olib  keladigan  qattiq  mineral  yotqiziqlardan  7-10  marta
            ko‘pdir.

                   Keltirilgan  oddiy  bir  misoldan  ko‘rinib  turibdiki,  insoniyat  ishlov
            jarayonida katta ish bajaribgina qolmay, balki kelajak hosil taqdirini hal

            etuvchi tuproq muhitini vujudga keltiradi.
                   Etuk tuproqshunos olim  E.Rassel ta’kidlashi bo‘yicha dehqonchilik
            tizimida  tuproq  unumdorligini  ta’minlovchi  agregat  bo‘lakchalarini

            vujudga  keltira  olmagan  ishlov  berish  usuli  yaroqsiz  hisoblanadi.
            Akademik V.R.Vilyams tuproqqa madaniy ishlov berishga alohida e’tibor

            bergan.  Uning  ta’kidlashi  bo‘yicha  tuproqqa  ishlov  berishning  asosiy
            vazifasi  tuproqning  haydalma  qatlamini  agregatchalardan  tashkil  topgan
            g‘ovak  tizimga  aylantirishdir.  Ishlov  berish  jarayonini  o‘tkazish  vaqtida

            tuproq chang-to‘zonga aylanmasligi lozim.
                   Binobarin,  bu  jarayonni  tuproq  o‘ta  nam  yoki  juda  qurib  qolgan

            sharoitda olib borish mumkin emas. Sifatli ishlovni ta’minlovchi ko‘pgina
            fizik-mexanik  jarayonlar  yopishqoqlik,  plastiklik,  uvalanish,  qattiqlik  va

            boshqalar  –  tuproqning  namlik  ko‘rsatkichi  bilan  chambarchas  bog‘liq
            bo‘ladi.  Namlikning  oshishi  tuproq  yopishqoqligini  yanada  ortishiga,
            ishlov berish asboblariga ko‘rsatadigan solishtirma qarshilikning oshishiga

            olib keladi. SHuning uchun ham sifatli ishlov berishning asosiy omili – bu
            tuproqning  optimal  namlik  ko‘rsatkichini  topishdir.  Optimal  namlik

            tuproqda qoniqarli strukturani vujudga keltiradi, eng kam yopishqoqlikni,
            qattiqlikni ta’min etadi.

                   Fizik etilgan tuproqning namligi plastiklik (nam holatda o‘z shaklini
            saqlash) holatining eng quyi darajasiga yaqin turadi. Bu paytda haydalgan
            tuproq  yaxshi  uvoqlanadi,  erni  ishlash  uchun  ketadigan  mehnat  sarfi

            kamayadi va eng chidamli agregatlar hosil bo‘ladi.
                   Olingan  ko‘pgina  ma’lumotlarning  ko‘rsatishicha,  tuproqlarning

            plastikligining  quyi  chegarasi  va  struktura  hosil  bo‘lish  namligi  o‘zaro
            bog‘liqlik  kuzatiladi.  Tipik  bo‘z  tuproqlarda  haydalma  qatlam
            plastikligining  quyi  chegarasi  17-19  %  ni  tashkil  etadi,  struktura  hosil

            bo‘lish namligi esa 19-20 % o‘rtasida o‘zgarib turadi. Cho‘l mintaqasining
            sug‘oriladigan o‘tloqi voha tuproqlarida esa plastiklikning quyi chegarasi

            mexanik  tarkibga  ko‘ra  15-19  %  ni  tashkil  etsa,  struktura  hosil  bo‘lish
            namligi esa 17-21 % o‘rtasida bo‘ladi. Xullas, optimal namlik ko‘rsatkichi

                                                             92
   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101   102