Page 99 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 99
uch yillik bedadan keyin ekin ekishning ikkinchi yilidayoq
tuproqning makrostrukturasi tez va keskin yomonlashadi;
surunkasiga mineral o‘g‘itlar bilan ishlanganda tuproqning
strukturali holati deyarli yaxshilanmaydi.
25-jadval
Qumoq bo‘z tuproqlar tarkibida suvga chidamli makroagregatlarning
o‘zgarishi
Variantlar 0,25 mm dan yirik agregatlar, % hisobida (G.I.Pavlov
usuli bo‘yicha)
Tipik bo‘z tuproqlar Och tusli bo‘z tuproqlar
0 – 25 25 – 40 0 - 25 25 - 40
O‘g‘itlanmasdan doim paxta ekilganda 20 35 10 27
To‘rt yillik bedadan so‘ng 61 80 29 49
Uch yillik bedadan so‘ng paxta 48 75 15 32
ekishning birinchi yili
Uch yillik bedadan so‘ng paxta 21 40 8 19
ekishining ikkinchi yili
To‘rt yil uzluksiz paxta ekilgandan 6 28 3 9
so‘ng
Doimiy go‘ng (organik o‘g‘it) bilan 43 72 25 43
o‘g‘itlanganda
Doimiy mineral o‘g‘itlar bilan 11 40 6 18
o‘g‘itlanganda
Strukturani tiklashda va strukturaning vujudga kelishida termik
omillardan harorat va suv asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayon ta’sirini
quyidagicha tushuntirish mumkin: sovuq kunlar boshlanishidan oldin
yoqqan yog‘in suvlari yoki sug‘orish suvlari tuproq kovaklariga kirib,
ularni to‘ldirishlari mumkin: haroratning keskin pasayib ketishi tufayli bu
suvlar muzlaydi, muzlash suv hajmini kengaytiradi. Natijada tuproq
kovaklarida qo‘shimcha katta kuch vujudga keladi. Bu hodisa o‘z
navbatida mexanik zarracha va agregatlarning bir-biriga yanada katta kuch
bilan siqilishiga olib keladi. Kunlar isishi bilan kovaklardagi muzlar eriydi.
Tuproqning etilganligi uning birmuncha donador (mahalliy tilda
“qo‘zilagan”) ligi seziladi. Kech kuzda beriladigan “yaxob” suvlar ana shu
maqsadni ko‘zda tutadi. Lekin, hamma vaqt ham muzlash strutura hosil
qilavermaydi. Muzlash jarayoni harorati ancha past va o‘ta namlangan
tuproqlarda struktura hosil qilmaydi, balki uni buzadi.
Hozirgi vaqtda shu narsa isbotlandiki, strukturali tuproqlarda suv,
havo, termik hamda oziq rejimlari madaniy o‘simliklar uchun etarli va
94