Page 101 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 101
- Struktorlar (yoki tuproq kleylari) tuproqlarda g‘ovak, suvga
chidamli hamda mexanik jihatdan qattiq bo‘lmagan bo‘lakchalarni
vujudga keltirishi.
- Ular tuproqda inert massa hosil qilib, biologik hayot uchun zaharli
bo‘lmasligi lozim.
- Struktor suvni yaxshi qabul qilishi hamda bo‘kish xususiyatiga ega
bo‘lmog‘i lozim, lekin koagulyasiya jarayonidan so‘ng (tuproq massasini
agregatli holatga o‘tkazgandan so‘ng) suv ta’sirida uzoq vaqt buzilmasligi
kerak.
- Struktorlar o‘zida oziq elementlarini saqlashi, donadorligi buzilgan
taqdirda o‘simliklar oziq elementlarini o‘zlashtirmog‘i zarur.
- Struktorlarning faoliyati hech bo‘lmaganda bir rotatsiya davrini (4-
5 yil) o‘z ichiga olishi lozim, aks holda sun’iy kleyning ta’siri qisqa
muddatligi uchun keng ishlatilmaydi.
- Gumin kislotasi xususiyatiga yaqin turadigan struktorlarni izlash
va qo‘llash katta ahamiyatga ega.
- Struktor arzon va juda faol bo‘lishi, tuproqning strukturasi
gektariga 0,5-1 tonna sarflaganda tiklanishi lozim, aks holda struktor
iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlolmaydi.
Shunday qilib, tuproqda o‘simliklar uchun suv, havo va oziq
rejimlarining qulay bo‘lishi, shuningdek ekin maydonlarida
qo‘llaniladigan agrokompleks tadbirlarning yaxshi natija berishi tuproq
strukturasiga bog‘liq. Demak, struktura tuproqning muhim agronomik
xossalaridan biri, u tuproqning g‘ovak qovushmali va serg‘ovak holatda
bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuproqning strukturaliligi mazkur xo‘jalik dehqonchilik
madaniyatining darajasini ko‘rsatadi.
§3.4. Tuproqning strukturaliligini aniqlash
Tuproqning mexanik zarrachalari har xil organik kislotalar va
karbonatli tuzlar yordamida bir-birlari bilan yopishib agregat
bo‘lakchalarni hosil qiladilar. Tuproqlarda mexanik zarrachalarni alohida –
alohida juda kamdan-kam uchratish mumkin, ya’ni tabiatda tuproq u yoki
bu darajada strukturali bo‘lakchalarga ega bo‘ladi. Har xil katta –
kichiklikka, mexanik qattiqlikka, g‘ovaklikka va suvga chidamlilikka ega
bo‘lgan agregatlar majmuasi tuproq strukturasini tashkil qiladi.
96