Page 100 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 100
qulay shaklda bo‘ladi. Strukturali tuproq madaniylashgan tuproq
hisoblanadi.
Tuproq strukturasini tiklashning sun’iy tadbirlari.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, tuproq strukturasining buzilishiga sabab
bo‘luvchi omillar ko‘p bo‘lganidek uni tiklashga qaratilgan usullar ham
xilma-xildir. Keyingi yillarda kimyo sanoatining taraqqiy etishi natijasida
tuproq strukturasini tiklashda tuproqda gumus moddalari o‘rnini
egallaydigan yuqori molekulyar birikmalar – polimerlar va
sopolimerlardan keng foydalanilmoqda. Bu birikmalar umumiy nom bilan
kriliumlar deb yuritiladi. Kriliumlar, asosan, uchta organik: akril kislota
(CH-CH-COOH), metakril kislota CH2=C(CH3)-COOH va malein
(COOH-CH-CH-COOH) kislotalaridan hosil qilingan tipik polimerlardir.
Kriliumlar ta’sirida paydo bo‘lgan agregatlarni o‘rganish sohasida
o‘tkazilgan ko‘pgina tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, polimerlar bilan
tuproq zarrachalari orasidagi o‘zaro kimyoviy munosabat tufayli struktura
hosil bo‘ladi. Strukturaning suvga chidamli bo‘lishi, kolloidlar
koagulyasiyasi tufaylidir. Sun’iy struktor (krilium) bundan tashqari
biologik faol hamda tarkibida ma’lum miqdorda oziq elementlarini
saqlashi aniqlanadi.
Ko‘pgina olimlarning izlanishlari natijasida aniqlanishicha, qumoq
va soz tuproqlarda kriliumlar ta’sirida hosil bo‘lgan struktura 3-5 yilgacha,
qumloq va qumli tuproqlarda esa bir yilgacha o‘zining agregatlik holatini
saqlab turadi. Agronomik nuqtai nazardan qimmatli va suvga chidamli bu
agregatlar tuproqning suv, havo xossalarini yaxshilaydi, mikrobiologik
jarayonlarning rivojlanishiga, oziq rejimining qulay bo‘lishiga va ekinlar
hosilining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqning agrofizik holatlarini yaxshilash hamda unumdorligini
oshirish maqsadida O‘zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Kimyo
instituti tomonidan ishlab chiqilgan “K” seriyali polimerlardan foydalanish
borasida professor V.B.Gussak rahbarligida Q.Mirzajonov, K.Paganyas,
X.Maxsudov va boshqalar ko‘pgina tajribalar o‘tkazganlar. Olingan
ma’lumotlar sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda, taqir va taqirsimon erlarda
“K” seriyali preparatlarni qo‘llab 0,25 mm dan yirik agregatlar miqdorini
80 % gacha ko‘paytirish va sug‘orishga sarflanadigan suvni ancha tejash
hamda ekinlar hosildorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda MDHda hamda chet mamlakatlarda (AQSh, Fransiya,
Angliya) juda ko‘p xildagi sun’iy struktorlar mavjud. Lekin, sun’iy
struktorni keng ko‘lamda qo‘llash uchun u quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
95