Page 105 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 105

sug‘orilmay,  faqat  yog‘in-sochin  suvlari  yordamida  dehqonchilik
            qilinayotgan  bahorikor  mintaqa  tuproqlarini  agronomik  nuqtai  nazardan

            baholashda  juda  katta  rol  o‘ynaydi.  Keyingi  vaqtda  dehqonchilikda
            sug‘orishning  yomg‘ir  usulidan  foydalanish  tuproqning  bu  xususiyatini
            chuqur o‘rganishni taqozo qiladi.
                                                                                                            3
                   D.G.Vilenskiy  uslubining  asosiy  mohiyati  –  ma’lum  kattalikdagi
            ayrim  olingan  agregatni  mikrobyuretka  yordamida  tomizilayotgan  suv
            yordamida yuvilishiga asoslangandir.

                   Har bir agregatni yuvish uchun sarf bo‘lgan suv (ml) mazkur tuproq
            agregatlarining  suvga  chidamlilik  darajasidan  darak  beradi.  Ma’lumki,
            agarda agregat qancha mustahkam bo‘lsa, uni yuvish uchun shuncha ko‘p
            suv sarf bo‘ladi.

                  Ish  tartibi.  Tahlil  uchun  olib  kelingan  tuproqdan  o‘rtacha  namuna
            olib (50-100 g) teshiklari 5-3 yoki 2-3 mm li elakdan o‘tkaziladi. So‘ngra
            namunadan 50 dona agregat ajratib olinadi. So‘ngra agregatlar (har qaysisi

            alohida-alohida) oralig‘i 1 mm kenglikda birlashtirilgan shisha tayoqchalar
            ustiga qo‘yiladi va mikrobyuretkadan sekundiga 2 tomchidan suv tomizilib
            turiladi.  Shisha  tayoqchalar  bilan  mikrobyuretka  orasidagi  masofa  5  sm
            bo‘lishi  kerak.  Tahlil  shisha  tayoqcha  ustiga  qo‘yilgan  agregat

            tomizilayotgan suv yordamida uning 1 mmli oralig‘idan batamom yuvilib
            pastga o‘tib ketishi bilan tugallanadi. Agregatni yuvish uchun sarf bo‘lgan
            suv miqdori yozib boriladi (ml hisobida). 50 ta agregatni yuvish uchun sarf

            bo‘lgan  suv  miqdori  qo‘shiladi  va  topilgan  yig‘indi  50  ga  bo‘linib,  bir
            agregatni yuvish uchun ketgan o‘rtacha suv miqdori (mlda) topiladi.


                   Tuproqlarning mikroagregat tarkibini N.A.Kachinskiy uslubida
            tahlil  qilish.  Tuproqdagi  fizik  jarayonlarni  boshqarib  borishda  faqatgina
            tuproqning  makrostrukturasi  muhim  rol  o‘ynamasdan,  balki  uning

            mikrostrukturasi ham muhim ahamiyatga ega.
                   Mikroagregatlar miqdorini aniqlash uchun maydalangan va teshiklari
            1 mm li elakchadan o‘tkazilgan tuproqdan 20-30 g olib 500 ml li kolbaga
            solinadi. So‘ngra uning ustiga 250 ml distillangan suv quyiladi va kolba

            og‘zi  yaxshilab  probka  bilan  berkitiladi.  Tuproq  agregatlarining  to‘liq
            namlanishiga  erishish  maqsadida  eritma  24  soatga  qoldiriladi.  So‘ngra




                3  Tahlil uchun tarkibida eng ko‘p miqdorda agregatlar bo‘lgan tuproq olinadi (masalan, 5-3 yoki 2-3 mm
            li va h.k.). Buning uchun N.I.Savvinov uslubining ma’lumotiga (tahlilning birinchi qismi) murojaat qilsa
            bo‘ladi. Ko‘pincha, sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda 5-3 yoki 3-2 mm li agregatlar ustunlik qiladi.


                                                            100
   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110