Page 110 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 110

Yuqorida  bayon  qilganimizdek,  tuproq  zarrachalari  sirtida  yoki
            kovaklarida hamma vaqt ozmi - ko‘pmi suv bo‘ladi. Tuproq suvi doimo

            erning  tortish  kuchi,  tuproq  zarrachalarining  molekulyar  tortishish  kuchi
            va nihoyat suv molekulalarining o‘zaro tortishish kuchlari ta’sirida bo‘ladi.
            Bu  kuchlar  bir  vaqtning  o‘zida  baravar  ta’sir  qilsalar  ham,  lekin  tuproq

            suvining  miqdoriga  qarab,  u  yoki  bu  kuch  ustunlik  qilishi  mumkin.
            Shuning  uchun  ham  olimlar  o‘zlarining  klassifikatsiyalari  asosida
            tuproqdagi u yoki bu kuchni asos qilib undagi suv shakllarining dastlabki

            klassifikatsiyasini  ishlab  chiqdilar.  Birinchi  bo‘lib  rus  olimi  S.Bogdanov
            (1889)  tuproqda  4  xil:  gigroskopik,  imbibitsion,  kapillyar  va  gidrostatik
            bosim ostidagi suvlar mavjudligini, ulardan birinchi va ikkinchisi o‘simlik
            uchun foydali suv emas, chunki ular katta sorbsion kuch ta’sirida tuproqda

            ushlanib  qolishini,  qolgan  2  ta  suv  o‘simlik  uchun  foydali  ekanligini
            isbotladi.
                   Keyinchalik bu klassifikatsiya boshqa olim A.F.Lebedevning (1919)

            yangi  ma’lumotlari  bilan  takomillashtirildi.  Lebedev  tuproqda,  uning
                         0
            harorati 0 S dan yuqori bo‘lgan suvning quyidagi shakllarini ajratadi: bug‘
            holatdagi suv, gigroskopik suv, parda suv va nihoyat gravitatsion suv.
                   S.I.Dolgov  (1948)  tuproq  qattiq  fazasining  kolloid  kimyo

            nazariyasiga  asoslanib  suvning  3  xil  shaklini  ajratadi:  sorbsion  suvlar,
            erkin  (suyuq)  suvlar,  bug‘  holatdagi  suv.  SHu  bilan  birga  kimyoviy
            bog‘langan suvlar ham ajratildi.

                   A.A.Rode  (1956,  1965)  tuproq  gidrologiyasi  sohasidagi  ishlarni
            chuqur  tahlil  qilib,  o‘zining  yangi  ma’lumotlari  asosida  tuproqdagi
            suvning quyidagi shakllarini ajratadi:

                   1.Konstitutsion va kristalizatsion suvlar (kimyoviy bog‘langan suvlar
                   –Dolgov bo‘yicha)
                   2. Qattiq suv (muz)

                   Z. Bug‘ holatdagi suv
                   4. Zich bog‘langan suvlar
                   5. Bo‘sh bog‘langan suvlar
                   6. Erkin (suyuq) suvlar. Bular o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:

                   a) oraliq suvlar;
                   b) sorbsion - bekik suvlar;
                   v) kapillyar - osilgan suvlar;

                   g) kapillyar - pastga oquvchan suvlar;
                   d) gravitatsion tirkalgan suvlar.
                   Biz  yuqorida  keltirilgan  klassifikatsiyalarni  inobatga  olib  tuproqda
            suvning  quyidagi  shakllarini  ko‘rib  chiqamiz:  kimyoviy  bog‘langan  suv,

                                                            105
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115