Page 111 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 111
bug‘simon suv, gigroskopik suv, parda suv, kapillyar suv va gravitatsion
suv (15-rasm).
15-rasm. Tuproqdagi suv shakllarining sxematik ko‘rinishi:
1-tuproq zarrachalari gigroskopik suv bilan; 2-maksimal gigroskopik suv;
3-4- parda suv; 5-gravitatsion suv bilan o‘ralgan.
Kimyoviy bog‘langan suv shakllari konstitutsion va kristalizatsion
kenja turlardan tashkil topgan. Konstitutsion suvlar, odatda, minerallar
tarkibiga kirib, uning kristallik panjarasidan o‘rin oladi. Masalan, limonit
2Fe2O3∙3H2O, boksit Al2O3∙3H2O kaolinit H2Al2SiO2O3∙H2O va hokazo.
Bu suvlar juda yuqori harorat sharoitida (500 - 1000°S da) minerallarning
tarkibidan ajralib chiqadi, natijada minerallarning tarkibi va xususiyati
o‘zgaradi.
Kristallizatsion suvlar esa mineral tuzlar tarkibida saqlanib, past
haroratda undan ajraladi. Bunda mineralning tuzilishi va tarkibi
o‘zgarmaydi. Masalan, gips - CaSO4∙2H2O, mirobilit - Na2SO4∙10H2O va
hokazo.
Tuproq tarkibidagi suvning bu shakli tuproqdagi xech bir fizik
jarayonlarda, uning umumiy suv jamg‘armasiga ishtirok etmay, lekin
tuproq va minerallarning tarkibini harakterlovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
106