Page 112 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 112
Tuproq g‘ovak tizim bo‘lgani uchun, bu g‘ovaklar doimo havo va
suv bug‘lari bilan to‘lgan bo‘ladi. Tuproqdagi bug‘simon suv ham o‘simlik
uchun foydasiz. Biroq, bug‘ holatdagi suv o‘simlikka singadigan holatga
o‘ta oladi. Qishda suv bug‘i erning pastki bir muncha issiq qatlamlaridan
yuqorigi sovuq qatlamlarga ko‘tarilib suyuq holatga aylanadi. Tuproqdagi
bug‘simon suvning harakati diffuziya qonuniga bo‘ysunadi. Bu harakat,
asosan, tuproq havosining suv bug‘lariga to‘yinish darajasiga va haroratga
bog‘liq bo‘ladi. Bug‘ holatdagi suvning harakatini oddiy kuzatish olib
borish yo‘li bilan bilish mumkin. Yoz kunlarida cho‘l mintaqasining qumli
tuproqlari yoki qumlari kuchli qiziydi va o‘zining tarkibidagi suvlarni
atmosferaga bug‘latadi. Birinchi qarashda bunday tuproqlarda suv
qolmaganday tuyuladi. Agarda kechqurun tuproq yuzasi (1x1) yoki (2x2)
polietilen materiali bilan berkitilsa, ertalab polietilenning ichki yuzasida
son - sanoqsiz suv tomchilari paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bu suv
tomchilari bug‘simon suvlarning kondensatsiyasidan paydo bo‘ladi.
Bug‘simon suvni harakatga keltiruvchi omil bu sutka davomida tuproq
qatlamida vujudga kelgan termik gradient hisoblanadi.
Bug‘simon suv. Suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan
yoki qisman egallangan kovakliklarda saqlanadi. Bug‘simon nam
tuproqdagi barcha turdagi suvlarning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi.
Bug‘simon suv tuproqda ikki yo‘l bilan: diffuziya natijasida, ya’ni
suv bug‘larining tarangligi yuqori bo‘lgan joydan, past joyga qarab harakat
qiladi va havo oqimi bilan birga harakatlanadi. Bug‘simon suv harakati
atmosfera haroratiga bog‘liq. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi
qatlamga nisbatan yuqori bo‘lganda, suv bug‘lari yuqoridan pastga qarab,
kechasi soviganda, aksincha, pastdan yuqoriga harakat qiladi.
Tuproqdagi bug‘simon suv miqdori juda kam (0,001 %) bo‘lsa-da,
namning tuproqda teng tarqalishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari,
bug‘simon suv o‘simliklarning ildiz tukchalarini qurib qolishdan saqlaydi.
Tuproq namligi kamdan-kam hollarda maksimal gigroskopiklikka nisbatan
(tuproqning eng yuqori qatlamlaridan tashqari) past bo‘lganidan, tuproq
havosining namligi 100 % darajasida ushlanib turiladi hamda o‘simlik
ildizlari uchun maqbul sharoit yaratiladi.
Gigroskopik suv. Odatdagi ochiq sharoitda yotgan tuproqdan birorta
idishga namuna olib, uni uzluksiz 4-6 soat davomida maxsus termostatda
0
100-105 S atrofida quritiladi, so‘ng tarozida tortiladi. Quritilgan tuproqni
ochiq joyda bir oz (2-3 soat) sovitib, yana tortilsa og‘irroq bo‘lib qolganini
ko‘rasiz. Demak, tuproq kuritilganda unda singdirilgan suv molekulalari
bug‘lanib ketadi, sovitilganda esa, tuproq zarrachalarining adsorbsion
107