Page 117 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 117
1400 m, qo‘riq 7-20 7,46 11,19
20-60 8,07 12,11
60-100 6,19 9,29
100-150 5,38 8,07
150-190 5,47 8,21
190-260 5,90 8,85
0-15 7,00 10,50
15-45 7,19 10,79
K-6. Janubiy qiyalik,
1050 m, olcha ekilgan 45-60 8,30 12,45
60-150 4,84 7,26
150-170 4,20 6,30
0-9 5,87 8,81
9-35 6,42 9,63
K-10. Janubiy qiyalik,
1000 m, bodom ekilgan 35-55 6,22 9,33
55-107 7,11 10,67
107-108 4,60 6,90
Tuproq tarkibidagi suvning bu shakli, odatda, tuproq zarrachalari
(agregatlari) tomonidan molekulyar kuchlar ta’sirida ushlab turilganligi
uchun A.F.Lebedov ularni maksimal molekulyar suv (MMS) deb atashni
taklif etgan. MMS ko‘rsatkichi ham tuproqning granulometrik tarkibi
hamda chirindi moddasining ko‘p - ozligiga qarab o‘zgarib boradi.
Parda suv (yoki MMS) ni tuproq zarrachalari unchalik katta kuch
bilan ushlab turilmaganligi uchun uni tuproq bilan yumshoq bog‘langan
suv deb ataladi. Parda suvni o‘simliklar osonlik bilan o‘zlashtira
olmaydilar, lekin tuproqda qalin zarrachalardagi suv pardasi yupqa
zarrachalarga suyuq holatda harakat qilib o‘tishi mumkin. Demak, parda
suv suyuq holatda harakat qilganligi uchun tuzlarni eritadi, elektr
o‘tkazuvchanlik kabi xossalarga ham ega bo‘ladi.
Kapillyar suv. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligini uning kapillyar
suv xossalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tuproqda suv hamda havo
harakatini ta’minlovchi kapillyar naychalar agregatlar oralig‘ida bo‘ladi.
Chang - to‘zonlardan tarkib topgan tuproqda ham kapillyar naychalar
bo‘lsada, ular o‘simlik uchun foydasiz hisoblanadi.
Yog‘in - sochin yoki oqar suvlarning tuproq pastki qatlamlariga,
sizot suvlarning esa yuqori qatlamlarga harakati ana shu kapillyar
naychalar orqali amalga oshadi. Demak, tuproq zarracha (agregat) lari
oralig‘ida hosil bo‘lgan kapillyar naychalarni to‘ldirib, menisk kuch
ta’sirida pastdan yuqoriga harakat eta oladigan suv kapillyar suv deyiladi.
112