Page 122 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 122

davri  davomida  tuproqda  kapillyar  ko‘tarilish  tezligi  va  namlikni
            boshqarib turadi.

                   Hosil  bo‘lishiga  qarab  kapillyar  suvlar  ikkiga  ajratiladi.  Birinchisi
            sizot suvlardan ko‘tariladigan kapillyar suv. Bu suvni kapillyar tirkalma
            suv  deb  ataladi.  Ikkinchisi  sizot  suvlar  chuqur  joylashgan  yog‘in-sochin

            suvlaridan yoki erni sug‘organdan so‘ng tuproqning yuqori qatlamida hosil
            bo‘lgan kapillyar suv. Bu suv muallaq (osilgan) kapillyar suv deb ataladi.
            Bu  ikki  xil  suv  o‘simliklarga  oson  singadi  va  ularni  suvga  bo‘lgan

            ehtiyojini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham kapillyar
            suvlarni foydasiz sarflanishdan saqlamoq kerak.
                   Kapillyar  suvning  tuproq  qatlamlari  orasida  yuqoriga  ko‘tarilish
            tezligi  va  balandligi  tuproqning  mexanik  tarkibi  va  strukturasiga

            bog‘liqdir. Tuproqning bu xususiyatini bilish juda katta ilmiy ahamiyatga
            ega. Ma’lumki, O‘rta Osiyo sug‘oriladigan erlarining yarmidan ko‘pi turli
            darajada  sho‘rlangan  yoki  sho‘rlanishga  moyildir.  SHo‘rning  asosiy

            manbai  tuproq  yuzasiga  yaqin  (1-3  m)  joylashgan  sho‘r  sizot  suvlari
            hisoblanadi. Bunday maydonlarda sarflanadigan suvning qariyb 65-70 %
            sizot suvi hisobida bo‘ladi. Darhaqiqat, sizot suvi minerallashgan bunday
            sharoitda erning qayta, ikkilamchi sho‘rlanishi tabiiydir.

                   Sizot  suvlarining  joylashish  chuqurligi  orta  borgan  sari,  ularning
            sarflanish miqdori kamaya boradi (28-jadval).
                   Bu  ma’lumotlarning  ko‘rsatishicha  sizot  suvlari  sathi  1  metrdan  2

            metrgacha chuqurlashsa sarflanadigan suv miqdori keskin kamayadi (70-
            20-30  %),  3  metrgacha  chuqurlashsa  atigi  10-12  %  ni  tashkil  etadi.
            Albatta,  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonida  hamda  o‘simliklarni  suv  bilan

            ta’minlashda  sizot  suvlarning  ta’siri  katta.  Ayniqsa,  ularning  sho‘rlanish
            darajasi alohida o‘rin tutadi.
                                                                                                 28-jadval
                 G‘o‘zaning o‘suv davrida tuproq yuzasidan sizot va sug‘orish suvlarining
                                         parlanishi (aprel-oktyabr oylari)

                                                                         3
                  Sizot        Kuzatish                   Suv sarfi, m  (ga)                     Sizot
                 suvlari          olib            Sizot        Sug‘orish          Jami        suvlarining
                sathi, m        borilgan      suvlaridan  suvlaridan                           umumiy
                                 yillar                                                       suv sarfiga
                                                                                               nisbatan
                                                                                               miqdori,

                                                                                                   %
                  1,00            1954           10250            4340           14,590           70,4
                  1,00            1955            8770            4690           13,460           65,3

                                                            117
   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127