Page 126 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 126

qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi ko‘rsatkich uning nam sig‘imi
            hisoblanadi.

                   Tuproqning  nam  sig‘imi  -  turli  kuchlar  ta’sirida  ma’lum
            miqdordagi  suvni  singdirishi  va  ushlab  turish  qobiliyatidir.  Tuproqdagi
            namni  ushlab  turadigan  kuchga  qarab  va  turli  sharoitlarga  ko‘ra  nam

            sig‘imining  quyidagi  turlari  ajratiladi:  maksimal  adsorbsiyalangan  nam
            sig‘imi,  maksimal  molekulyar  nam  sig‘imi,  kapillyar  nam  sig‘imi,  dala
            nam sig‘imi va to‘liq maksimal nam sig‘imi.

                   Maksimal  adsorbsiyalangan  nam  sig‘imi  (MANS)  -  tuproq
            zarrachalari sorbsiyalanish (yutilish) kuchlari ta’sirida eng ko‘p miqdorda
            ushlab  turilishi  mumkin  bo‘lgan  suv  miqdori  hisoblanadi.  Bu  namlik
            tuproqdagi mustahkam birikkan suv miqdoriga to‘g‘ri keladi.

                   Maksimal  molekulyar  nam  sig‘imi  (MMNS)  –  molekulyar  tortish
            kuchlari  ta’sirida  tuproq  zarrachalari  yuzasida  ushlanib  turishi  mumkin
            bo‘lgan,  ya’ni  bo‘sh  birikkan  (parda)  suvning  yuqori  chegarasini

            xarakterlaydi.  Maksimal  molekulyar  nam  sig‘imi  asosan  tuproqning
            mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
                   Kapillyar  nam  sig‘imi  (KNS)  –  kapillyar  kayma  (bevosita  suvli
            qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib

            turishi  mumkin  bo‘lgan  eng  ko‘p  miqdordagi  kapillyar-tiralgan  suv
            hisoblanadi. Kapilyar nam sig‘imi miqdori tuproq kovakligiga va suv bilan
            to‘yingan qatlamning sizot suvi sathidan qanchalik masofada joylashuviga

            bog‘liq. Bu masofa qanchalik ko‘p bo‘lsa KNS shuncha kam bo‘ladi.
                   Sug‘orilgandan  yoki  kuchli  yog‘in-sochindan  so‘ng  uzoq  muddat
            davomida  pastga  (sizot  suvlariga)  oqmasdan  tuproq  kapillyarlarida

            (g‘ovakliklarida) ushlanib qolingan eng ko‘p miqdordagi suv tuproqning -
            dala nam sig‘imi dala nam sig‘imi (DNS) deb ataladi.
                   Havo siqilib qolingan bo‘shliqlar (odatda umumiy kovakliklarning 5-

            8  %  ni  tashkil  etadi)  dan  tashqari,  tuproqning  barcha  kovakliklarida
            ushlanib qolinishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p nam miqdoriga - to‘liq nam
            sig‘imi (TNS) deyiladi.
                   Tuproqdagi  nam  sig‘imining  bu  shakllari  juda  muhim  gidrologik

            konstanta bo‘lib, o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv jamg‘armasi to‘g‘risida
            mulohaza yuritish imkonini beradi.
                   DNS  tuproqning  xususiyatlariga  eng  oldin  uning  granulometrik

            tarkibiga  mutanosib  holda  o‘zgarib  boradi,  ya’ni  mexanik  tarkibning
            og‘irlashib  borishi  evaziga  tuproning  dala  nam  sig‘imi  oshib  boradi.
            Agarda tuproqning vertikal profilida mexanik tarkib bir xil yoki bir-biriga
            yaqin  bo‘lsa,  unda  kapillyar  muallaq  (suvlarning  miqdori)  dala  nam

                                                            121
   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131