Page 131 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 131
haydash va ishlov berish paytida qatqaloq
parchasi ko‘payadi.
<50 Loy va serloy tuproqlarga ishlov berish
uchun qoniqarsiz, qumloq va serqumloq
tuproqlar uchun esa qoniqarli. Bunday
sharoitda katta yoqilg‘i sarfi talab
qilinadi. Tortish kuchi va 60% dan
ko‘proq qatqaloq ko‘chmalar hosil
bo‘ladi mashina ishchi organlarining tez-
tez sinish hollari kuzatiladi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan tuproqlari barcha turlarining namligi
dala nam sig‘imiga teng bo‘lganda, havo bilan etarli darajada ta’minlangan
bo‘ladi.
S.I.Tyuremniy tuzgan suv muvozanati tenglamasiga ko‘ra, dala nam
sig‘imi (suv yuqoridan singganda) tuproqning hajm og‘irligi bilan to‘g‘ri
proporsional bo‘ladi.
Bu esa, tuproqning ustki gorizontlarida dala nam sig‘imining oshishi
sabablaridan biridir. SHu munosabat bilan dala nam sig‘imiga teng
miqdorda suv singdirgan tuproqda nam zahirasi hajm jihatidan, tuproq
hajm og‘irligining o‘zgarishiga bog‘liq emasdek, bo‘lib ko‘rinadi.
B.N.Michurin (AFI VASXNIL) 1955 yilda Agrofizika s’ezdida ana
shu masalani nazariy jihatdan asosladi. B.N.Michurin hajm og‘irlikning 1
bilan 1,7 o‘rtasidagi intervalida: DNSxXO=Const dan iborat tenglik
birligini isbot qildi yoki Michurin ifodasi bilan aytganda, zichlikni
bildiradi.
S.N.Tyuremniy va B.N.Michurinning yuqorida keltirilgan qoidalari
G.Z.Biyashev (1936) ning sug‘oriladigan tuproqlarda o‘tkazilgan
tajribalariga doir ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi.
A.A.Rode (1952) bu masalani yakunlashga bag‘ishlangan asarida
G.Z.Biyashevning asosiy xulosalaridan va uning materiallaridagi ba’zi
raqamlardan foydalandi. Biz bu o‘rinda uning faqat asosiy xulosasini
keltiramiz. A.A.Rode o‘zining bu xulosasida “hajm og‘irligi 1,05 dan 1,45
gacha oshganda, changlangan tuproqning eng kam miqdordagi nam
sig‘imi oshadi, hajm og‘irligi 1,45 dan 1,65 gacha oshganda esa, bu eng
kam miqdordagi sig‘imi yanada kamayadi” deydi.
G.Z.Biyashev va S.I.Dolgov (1948) ning mana shu ma’lumotlariga
ko‘ra, dala nam sig‘imi makroagregatlarining katta-kichikligiga bog‘liq
bo‘lmaydi. Haydalma qatlamda tuproq qovushmasining zichligi hamisha
buzilib turgani uchun dala nam sig‘imi bu qatlamda, ayniqsa, ko‘p
126