Page 132 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 132

o‘zgaradi. Boshqa qatlamlarda esa dala nam sig‘imining miqdori u qadar
            o‘zgarmaydi.  Natijada  dala  nam  sig‘imi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bir

            qadar  barqarorlashgandek  bo‘lib  ko‘rinadi.  Bu  esa  zax  erlarni  quritishni
            ko‘zda  tutib  sug‘orish  va  yuvish  me’yorlarini  hisoblab  chiqarish  uchun
            muhimdir. Bunda DNS miqdori asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

                   Shuni  ta’kidlash  kerakki,  sizot  suvlarining  sathi  er  yuzasiga  yaqin
            joylashgan  bo‘lsa,  tuproq  vertikal  profilining  ma’lum  chuqurligidan
            namlik  ko‘rsatkichi  DNS  miqdoridan  yuqori  bo‘lishi  mumkin.  Bunday

            holat,  odatda,  bevosita  sizot  suvlari  sathi  yuzasida  bo‘lib,  butun
            kapillyarlar suv bilan band bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichga teng keladigan suvni
            kapillyar nam sig‘imi (KNS) deb ataladi.
                   Kapillyar nam sig‘imi tuproqning to‘la nam sig‘imiga (TNS) yaqin

            turadi, ya’ni to‘la nam sig‘imida uning butun kapillyarlari deyarli suv bilan
            band bo‘lib, u 2 fazali tizim holatida bo‘ladi.
                   Tuproqning  TNS  va  KNS  ko‘rsatkichlari  o‘simlik  uchun  foydali

            bo‘lsa-da,  u  vaqtinchalik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ko‘rsatkich  bo‘lib,
            ortiqcha suvning oqishi uchun sharoit yaratilishi bilan kapillyar (menisk)
            kuchlar  ta’sirida  bo‘lmagan  suvlar  darhol  pastki  qatlamlarga  yoki  qiya
            tomonga oqadi.

                   O‘simliklar  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan  hamda  tuproq  qatlamlarida
            uzoq  vaqt  davomida  o‘zlashtirilishi  qulay  bo‘lgan  holatda  saqlanadigan
            suv-dala  nam  sig‘imi  hisoblanadi.  DNS  ni  bilish  orqali  biz  tuproqdagi

            umumiy  nam  jamg‘armasini  va  fiziologik  foydali  suvni  bilish
            imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
                   Xorazm vohasida uchraydigan tuproqlarning granulometrik tarkibiga

            ko‘ra  umumiy  hamda  foydali  suv  jamg‘armalari  bo‘yicha  quyidagi
            guruhlarga ajratiladi:
                                                                                                       3
                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  2000  m /ga,  foydalisi  -  1500  m /ga.
                      Bunga  granulometrik  (mexanik)  tarkibi  og‘ir  sho‘rlanmagan
                      o‘tloqi voha tuproqlari kiradi.
                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  2100  m /ga,  foydalisi  -  1400  m /ga.
                                                                                                       3
                      Bunga  o‘rtacha  sho‘rlangan,  o‘rtacha  qumoq  o‘tloqi  va  botqoq-
                      o‘tloqi sug‘oriladigan tuproqlar kiradi.
                                                                       3
                                                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  1900  m /ga,  foydalisi  -  1300  m /ga.
                      O‘rtacha         sho‘rlangan         granulometrik          tarkibi       murakkab
                      sug‘oriladigan o‘tloqi va o‘tloqi voha tuproqlari.







                                                            127
   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136   137