Page 137 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 137
Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik xususiyati. Tuproqning o‘zidan
suv o‘tkazish qobiliyatiga suv o‘tkazuvchanlik deb ataladi va uning
miqdori ma’lum vaqt ichida tuproqdan o‘tgan suv miqdori bilan (mm soat
3
yoki m /ga) o‘lchanadi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati juda murakkab jarayon
bo‘lib, u tuproqqa suvning shimilishi, namlanishi va ortiqcha suvning
filtrlanishi kabi hodisalarni o‘z ichiga oladi.
Tuproqqa suvning singishi va namlanishi uning boshqa g‘ovak
jinslardan tubdan farqlanishini ko‘rsatib turuvchi asosiy belgidir. Masalan,
yirik shag‘al, chag‘irtosh va qumlar yoki yangi nuralgan tog‘ jinslari,
o‘zidan suvni juda yaxshi o‘tkazadi, lekin ular suvni so‘rish, ayniqsa
ushlab qolish qobiliyatiga ega emas. SHuning uchun ham bu jinslar garchi
namlansada, bu namlik uzoq saqlanmaydi. Natijada bunday jinslar
o‘simliklarning o‘sishini ta’minlab turuvchi suv jamg‘armasiga ega bo‘la
olmaydi. Demak, tuproq tog‘ jinslari (shag‘al, chag‘irtosh, qum va
boshqalar) dan farqi suvni o‘zidan o‘tkazishi bilan bir vaqtda uni o‘zida
saqlab qolish hamda tuproq suv jamg‘armasini vujudga keltirishi mumkin.
SHimilib va ushlanib qolingan suv, asosan, tuproq mayda zarrachalari
yuzasida, agregatli bo‘lakchalar hamda ular vujudga keltirgan g‘ovaklarda
saqlanib, o‘simliklar uni kerak vaqtida iste’mol qilaveradi. Lalmi erlardagi
tabiiy o‘simliklar, hattoki g‘alla ekinlari faqatgina kuz, qish va bahor
faslida yoqqan yog‘in-sochin suvlaridan hosil bo‘lgan jamg‘arma suv
hisobiga yashaydilar. Sizot suvlar chuqur joylashgan bunday sharoitda
yog‘in-sochin suvlari kapillyar muallaq (osilgan) holda ushlanib turadi.
YOg‘in-sochin suvlaridan bahorikor erlarning namlangan qismi bahorga
kelib och tusli bo‘z tuproqlarda 1 m, tipik bo‘z tuproqlarda 1,5 m va to‘q
tusli bo‘z tuproqlarda esa 2-2,5 m ga etadi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik xarakteri va tezligi uning
granulometrik (mexanik) tarkibi, kimyoviy xususiyati, strukturalilik holati,
zichligi hamda tabiiy namligi darajasiga qarab o‘zgarib boradi.
Suv o‘tkazuvchanlik tezligi juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Har qanday
tuproq quruqligida juda katta suv o‘tkazuvchalik tezligiga ega bo‘ladi.
Tuproqning yuqori qatlamida (0-50 sm) tuproq suvi tabiiy sharoitda
sarflanib undagi g‘ovakliklar havo bilan band bo‘ladi. Bunday sharoitda
berilgan suv darhol mana shu bo‘sh g‘ovakliklarni to‘ldirish uchun sarf
bo‘ladi va ular batamom suv bilan to‘lgandan so‘ng suvning sarfi
(so‘rilishi) sekinlashadi. Shuning uchun suv o‘tkazuvchanlik – tuproqqa
suvning tushishi hamda uning namlanishi va filtratsiya kapillyar kuchlar
132