Page 139 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 139
bo‘ladi. Demak, tuproqning suv o‘tkazish qobiliyati juda ko‘p omillar
ta’sirida o‘zgarib turadi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik tezligini akademik Kostyakov
quyidagi formula asosida hisoblashni taklif qildi.
Kt = Ko yoki Kt= K
t
bu erda,
Kt – ma’lum vaqt ichida suvning yutilish tezligi;
K0 – yutilgan suv miqdori (tajribaning dastlabki boshlang‘ich
davrida) ml;
t – yutilgan suvni hisobga olish vaqti;
α – koeffitsient, bu koeffitsient 0,4-0,5 ga teng.
Darsi taklifiga ko‘ra filtratsiya jarayoni quyidagicha hisoblanadi:
h
υ = K
e
bu erda,
υ – filtratsiya tezligi, ya’ni ma’lum vaqt ichida aniq, yuzadan
sarflangan suv miqdori;
h – suv qatlami vujudga keltirgan bosim;
e – tuproqning vertikal qatlami;
K – filtratsiya koeffitsienti.
Darsi bo‘yicha filtratsiya tezligi tajriba maydoni yuzasiga suv
qatlami vujudga keltirgan bosim (h) bilan to‘g‘ri, tuproqning
namlanadigan vertikal qatlami chuqurligi bilan teskari bog‘lanishda
bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda tuproq-meliorativ tekshiruv ishlarida suv
o‘tkazuvchanlik tezligini hisoblashda S.V.Aspatovning quyidagi formulasi
keng qo‘llaniladi.
υ = Q 10
S t
bu erda,
υ – suv o‘tkazuvchanlik tezligi, mm/min;
Q – ma’lum vaqt ichida sarf bo‘lgan suv miqdori, ml;
2
S – tajriba olib borilgan maydon yuzasi, sm ;
t –suv sarfi hisobga olingan vaqt, min;
10 – koeffitsient. Bu koeffitsient yordamida suvning mldagi
ko‘rsatkichi, mm ga aylantiriladi.
Olingan ma’lumotlar suv o‘tkazuvchanlikni tuproqning mexanik
tarkibi bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tuproq qancha engil bo‘lsa,
134