Page 138 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 138
ta’siri doirasida bo‘lmagan ortiqcha erkin suvning sizot suvlarga yoki
zovurlarga filtrlanishini o‘z ichiga oladi.
Tuproqning vertikal qatlamida filtratsiya jarayonining boshlanishini
ma’lum vaqt ichida sarf bo‘layotgan suvning sarf bo‘lgan suv miqdori
uzoq vaqt davomida bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibiga qarab o‘zgarib
boradi. Dag‘al va engil mexanik tarkibli tuproqlar yuqori, o‘rta va og‘ir
mexanik tarkibli tuproqlar esa past suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega.
Suv o‘tkazuvchanlik tezligini keskin o‘zgarishiga mexanik tarkibining
tuproq profilida keskin o‘zgarishi (qat-qat bo‘lishi), ayniqsa, og‘ir sozli
qatlamlarning bo‘lishi hamda sizot suvlar sathining tuproq yuzasiga yaqin
joylashganligi sababli bo‘lishi mumkin (19-rasm).
Xuddi shuningdek suvga chidamli strukturaga ega bo‘lgan tuproqlar
ham katta suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bordi-yu tuproq
strukturasi suvga chidamsiz bo‘lib, suv bilan munosabatda bo‘lganida
darhol bo‘tqalanib ketsa, bunday tuproqlar juda past suv o‘tkazuvchanlik
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Taqirsimon va taqir tuproqlarni bunga misol qilib
olish mumkin.
19-rasm. Har xil mexanik tarkibli tuproq va gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi
Har xil jonivorlar (ko‘rsichqon, kalamush, yumronqoziq, qurt-
qumursqa va h.k) tomonidan qoldirilgan in va yoriqlar ham tuproqning suv
o‘tkazuvchanligiga birmuncha ta’sir ko‘rsatadi. Bunday joylarda suv
o‘tkazuvchanlik qancha katta bo‘lsa-da, baribir befoyda. Bu esa
tuproqning cho‘kishi, eroziyaga uchrashi, tuzli qatlamlarda suvning
to‘planishi va qayta sho‘rlanishini tezlashtirishi kabi hodisalarga sabab
133