Page 141 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 141
kovakligining kamayishi va strukturasining yomonlashuvi bilan
izohlanadi. Sug‘oriladigan erlarda doimo g‘o‘za o‘stirish tufayli
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi yomonlashadi. Almashlab ekishlarni joriy
qilish, ya’ni o‘t ekish, xususan ko‘p yillik o‘tlar ekish tuproqning bu
xossasini qaytadan tiklaydi.
Qadimdan dehqonchilik qilib kelinadigan maydonlarda haydalma
osti zich qatlami mavjud. Bu qatlam katta hajm og‘irligiga ega bo‘lib,
uning suv o‘tkazuvchanligi yomon (20-rasm). Bu qatlamning suv
o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun eng oldin uni yumshatish lozim.
SHuning uchun ham hozirgi vaqtda asosiy shudgor ancha chuqur qilib
o‘tkaziladi.
20-rasm. Haydalma osti zich qatlamning suv o‘tkazuvchanligi:
1-yumshatilmagan; 2-15 sm chuqurlikda yumshatilgan; 3-25sm chuqurlikda
yumshatilgan
Ko‘pchilik tuproqlarda, ayniqsa murakkab profilli allyuvial
tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik o‘ziga xos qonuniyatga ega. Ona jinsning
(allyuviyning) qatlamliligi, sho‘rlanganligi va changsimon tuzilishi – suv
o‘tkazuvchanligini yomonlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Bu tuproqlarda
suvning sarfi va uning qatlamlararo harakati (shimilishi) tuproq mexanik
tarkibi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham tuproqlarni ularning birinchi
soatdagi suv sarfiga asosan guruhlarga bo‘lish qoniqarli hisoblanmaydi.
Chunonchi, N.I.Zimina va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra,
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarni sug‘orish vaqtida bir soatda bir
3
gektarga 100-120 m suv shimiladi; och tusli bo‘z tuproqlarda ham xuddi
shunday natija olingan; qadimdan haydalayotgan erlarda bir soatda har
3
gektarga 150 m ko‘p yillik o‘tlardan so‘ng paxta ekishning birinchi yilida
250 m gacha suv shimiladi.
3
136

