Page 146 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 146
Shunday qilib, tuproqdagi umumiy suv ikki qismdan - o‘simliklar
uchun foydasiz va foydali suvlardan tashkil topgan.
Tuproq tarkibidagi suvni o‘simlik uchun oson o‘zlashtirilishi uning
tuproqdagi harakatchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq suvi
harakatchanligini Sekera uslubida aniqlash mazkur darslikda berilgan.
Chirindiga boy og‘ir soz tuproqlarda o‘simlik uchun foydasiz suvlar
ko‘p bo‘ladi. Qumli tuproqda o‘simlik o‘zlashtira olmaydigan suvning
miqdori 100 g tuproqda 1-2 g bo‘lsa, og‘ir soz tuproqlarda esa bu
ko‘rsatkich 10-15 g gacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, har xil mexanik
tarkibli tuproqlar suvni har xil miqdorda ushlab qoladi. Og‘ir soz tuproklar
o‘zidan o‘tayotgan suvning 70 % chasini o‘zida singdirib qolsa, qumoq
tuproqlar 30-40, qumli tuproqlar esa 20 -25 % gina singdirib qoladi.
O‘simlik o‘stirar ekanmiz, o‘sish davrida tuproqda ular uchun qancha
foydali suv borligini bilish zarur, bu suvni hisoblash yo‘li quyida maxsus
bo‘limda bayon qilingan.
§4.3. Tuproq suv-fizik xossalarining dehqonchilik madaniyati ta’sirida
o‘zgarishi
O‘zbekiston tuproqlari strukturasining suvga chidamliligi, boshqa
tuproqlarnikiga qaraganda ancha past bo‘lganidan, ular unumdorligining
ham past bo‘lishi tabiiydir. Lekin, agrotexnika tadbirlarini to‘g‘ri qo‘llab
sug‘orish va erlarga o‘g‘it solish evaziga barcha ekinlardan mo‘l-ko‘l
qo‘shimcha hosil olish mumkin. O‘zbekiston tuproqqa odatdagicha ta’sir
qilish tadbirlari qatoriga sug‘orish ham kiradi.
Sug‘orish – tuproq unumdorligini oshirishdagi eng muhim
omillardan biri. Sug‘orish tufayli agroirrigatsion oqiziqlar ko‘payadi,
natijada tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining yo‘nalishi va tezligi,
namlanish sharoiti o‘zgaradi.
Sug‘oriladigan tuproqlar vohalardagi madaniy tuproqlarning alohida
tipi deb hisoblangan. Ularda tuproq hosil bo‘lish jarayonida agroirrigatsion
oqiziqlar katta rol o‘ynaydi. Ammo, oqiziqlardan hosil bo‘lgan
qatlamlarning qalinligi va sug‘orishning qadimiyligiga qarab, tuproq
unumdorligining hozirgi darajasini belgilash qiyin.
Ma’lum bo‘lishicha, madaniy holga kelgan voha tuproqlarida gumus
kirib borgan qatlam qo‘riq bo‘z tuproqlarga nisbatan pastroq turadi va bu
tuproqlarning 70 sm li qatlamida azot va fosfor ko‘proq bo‘ladi.
Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala
tuproq kelib chiqishidan va ularga ekilgan ekin turidan qat’iy nazar,
141