Page 147 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 147

haydalma  qatlam  tagidagi  tuproqlarning  unumdorligi  juda  past.  Demak,
            tuproq  unumdorligi  sug‘orishning  qadimiyligiga  va  agroirrigatsion

            oqiziqlarning qalinligiga qarab emas, balki dehqonchilikning o‘tmishdagi
            va  hozirgi  darajasi  tufayli  vujudga  keladi  (M.A.Orlov).  Bunda,
            agroirrigatsion  qatlam  qalin  va  uning  tarkibida  organik  moddalar  oziq

            elementlari ko‘p bo‘lgan taqdirda, tuproqning madaniy holatini yaxshilash
            ishi bir qadar engillashishi mumkin.
                   Barcha  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlar  orasida  o‘g‘itlash,

            almashlab  ekish  va  ekinlarni  parvarish  qilish  tuproqqa  eng  kuchli  ta’sir
            etadi.  Sug‘orish,  tuproq  zaxini  quritish,  sho‘r  bosgan  tuproqlarning
            sho‘rini yo‘qotish va boshqa ba’zi tadbirlar tuproqqa ta’sir qilishda alohida
            xususiyatga ega va ular ko‘p hollarda tuproq unumdorligiga bevosita ta’sir

            ko‘rsatmaydi (32-jadval).
                   Bu  ma’lumotlar  almashlab  ekish  tuproqning  fizik  xossalarini
            yaxshilashga  va  nihoyat  uning  unumdorligini  oshirishga  kuchli  ta’sir

            etishini  ko‘rsatadi.  Ko‘p  yillik  o‘tlar  ekish  tuproq  strukturasining  suvga
            chidamliligini  oshiradi,  tuproq  tarkibida  organik  moddalar  va  azot
            ko‘payadi.
                   33-jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlar,  beda  va  odatdagi  o‘t

            aralashmalari bir joyda uch yil o‘stirilganda chidamli  agregatlar  miqdori
            yangidan         sug‘orilayotgan         maydonlardagi           qo‘riq      tuproqlarnikiga
            yaqinlashganini ko‘rsatadi.


                                                                                                33-jadval

                Vohalardagi madaniy va qo‘riq bo‘z tuproqlarda gumus, azot va
                                  fosfor miqdori (A.M.Orlov ma’lumoti)


                  Qatlam              Madaniylashgan voha tuprog‘i                 Qo‘riq bo‘z tuproq
                chuqurligi,    Gumus       Yalpi      Yalpi fosfor    Gumus      Yalpi      Yalpi fosfor
                     sm
                                            azot                                  azot
                    0-20         0,90      0,054          0,24         1,15      0,068          0,16
                   20-40         0,71      0,042          0,22         0,34      0,022          0,14
                   50-70         0,63      0,031          0,20         0,21      0,020          0,12
                   80-100        0,27      0,020     aniqlanmagan      0,17      0,020     aniqlanmagan
                  140-160        0,20      0,020          -//-         0,17      0,020           -//-


                   S.N.Rijov, S.P.Suchkov bilan birga madaniy holati turlicha bo‘lgan
            tuproqlarning  unumdorligini  o‘rganish  maqsadida  maxsus  tekshirishlar
            o‘tkazdi. Buning uchun Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan namunalar



                                                            142
   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151   152