Page 151 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 151

Gigroskopik  suvni  aniqlash  uchun  tahlil  qilinadigan  tuproq
            namunasidan  o‘rtacha  5-10  g  dan  olib  shisha  stakanchaga  (termostatda

            quritilgan,  og‘irligi  o‘lchangan,  og‘zi  yopiladigan)  solinadi  va  analitik
            tarozida o‘lchanadi. So‘ngra stakanchalarni og‘zi ochiq holda termostatga
                                   0
            qo‘yib,  105-110  S  haroratda  4-6  soat  davomida  quritiladi.  SHu  usulda
            quritilgan  stakanchalar  darhol  og‘zi  berkitiladigan  maxsus  eksikatorga
            solinadi.  Eksikatorning  ostki  qismida  undagi  suv  parlarini  yaxshi  yutish
            qobiliyatiga ega bo‘lgan CaCl2 tuzi bo‘ladi. Eksikatorda stakanchalar xona

            haroratigacha  sovitiladi  va  qayta  analitik  tarozida  tortiladi.  Quritilib
            tortilgan  stakanchalar  og‘zi  ochiq  holda  qayta  quritiladi  (2-4  soat)  va
            sovitilib  yana  tortiladi.  Bu  ish  o‘zgarmas  og‘irlik  hosil  bo‘lguncha
            takrorlanadi.  Tuproqdagi  gigroskopik  suvning  miqdori  quyidagi  formula

            bilan hisoblanadi.


                                                        X=   a    b 100
                                                                 H
                   bu erda,

                   X-gigroskopik  suvning  miqdori,  tuproq  massasiga  nisbatan  %
            hisobida;
                   a-stakanchaning quritilmagan tuproq bilan birga og‘irligi, g hisobida;
                   v-stakanchaning quritilgan tuproq bilan birga og‘irligi, g hisobida;

                   n-quruq tuproq og‘irligi, g hisobida;
                   (a-v)-tahlil uchun olingan tuproqdagi gigroskopik suv, g hisobida.


                   N – o‘z navbatida quyidagicha topiladi:
                                                           N = v-s
                   bu erda,
                   s-stakanchaning sof (quritilgandan so‘ng) og‘irligi, g hisobida;

                   v-stakanchaning quritilgan tuproq bilan birga og‘irligi, g hisobida.

                   Gigroskopik namlikni aniqlash ma’lumotlari quyidagi jadvalga yozib

            boriladi.

                  Tuproq       Namuna      Stakan     Quruq      Stakanni        Stakanni        Gigro-
                  kesmasi      olingan     raqami     stakan      tuproq     quritilgan tuproq   skopik
                 raqami va    chuqurlik,             og‘irligi     bilan       bilan og‘irligi   namlik
                   uning        sm da                            og‘irligi    1     2     3
                  tafsiloti




                                                            146
   146   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156