Page 154 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 154
Bu so‘lish dastlab kunduz kunlari davom etasa-da, kechasi yana
g‘o‘za o‘zining turg‘un holatini tiklaydi. Keyinchalik g‘o‘zaning so‘lishi
kechasi ham davom etadi. Bu holat g‘o‘za niholi hattoki, atmosferadagi
nisbiy namlik 85-90 % bo‘lgan sharoitda ham o‘zining turg‘un holatini
tiklay olmaydi. Bu vaqtda g‘o‘zaning so‘lish namligi vujudga kelgan
hisoblanadi.
Shundan so‘ng stakandagi namlikni aniqlashga kirishiladi. Buning
uchun stakandan g‘o‘za niholi yulib tashlanadi, uning yuzasidagi parafin
aralashmasi qum hamda stakanning uchdan bir qismi tuprog‘i ham olib
tashlanadi. Stakanda qolgan tuproq katta qog‘oz ustiga to‘kiladi va undan
namlikni aniqlash maqsadida 15-20 g o‘rtacha namuna olinadi. Agarda
yirik ildizlar bo‘lsa ular terib tashlanadi. Namlikni aniqlash va hisoblash
gigroskopik suvni aniqlash singari bajariladi.
O‘SN ni aniqlash 3-4 qayta takrorlanadi. Olingan ma’lumotlar tuproq
3
massasiga nisbatan % hisobida yoki kerak bo‘lganda m hisobida har bir
gektar maydon uchun berish mumkin.
O‘simlikning so‘lish namligini hisoblash yo‘li bilan aniqlash
mumkin. Buning uchun MG ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Ko‘pgina
olimlarning ta’biricha MG miqdorining 1,5-2,0 ga qo‘paytmasi O‘SN ga
teng bo‘ladi.
Tuproqning maksimal molekulyar namligini A.F.Lebedev uslubi
bo‘yicha aniqlash
Ish tartibi: fizik tahlil uchun tayyorlangan tuproq namunasidan
diametri 8-10 sm li chinni piyolachaga olib, undan xamirsimon massa
tayyorlanadi. So‘ngra shu massadan diametri 5 sm, soz va og‘ir qumoq
tuproqlar uchun qalinligi 2 mm, engil tuproqlar uchun qalinligi 1 mm
bo‘lgan “loy kulcha”lar yasaladi. Ularni filtr qog‘oz ustiga qo‘yiladi. “Loy
kulcha”ning usti yana batist yoki oq surp bilan berkitiladi. Shundan keyin
yasalgan kulchaning pastki va ustki tomoniga 20 qavat filtr qog‘oz
qo‘yiladi va shu usulda 4-5 ta namuna tayyorlanadi. Har bir namunada
tuproq chuqurligi va raqami belgilanishi lozim.
So‘ngra tayyorlangan namunalar pressga joylashtiriladi. Bunda bir
namuna ikkinchisidan pressning o‘lchamiga mos holda tayyorlangan
yog‘och yoki po‘lat plastinkalar bilan ajratilishi lozim. Bu plastinkalar
“loy kulcha” larning yaxshi siqilishini ta’minlaydi. “Loy kulcha”larni
press tagida har 1 sm yuza 65 kg bosim bilan (bu bosim, agarda press
2
149