Page 157 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 157
marzaga yaqin joyidan ko‘pincha suvlar yon tomonlarga shimilib, bizga
kerakli chuqurlikkacha etib bormasligi mumkin. Natijada biz umumiy
xisobda katta xatolikka yo‘l qo‘yamiz. Shu usulda olingan tuproq
namunasidan o‘rtacha 15-20 g olib darhol aniq (alyumin) idishchalarga
solinadi va texnik tarozida uning nam holatdagi og‘irligi o‘lchanadi
(dalada), yoki bunga sharoit bo‘lmasa tezda laboratoriyaga etkaziladi.
Namlik termik uslub yordamida aniklanadi (termik uslub ushbu darslikda
bayon etilgan). Tuproq namunasi olinishi bilan tajriba maydonchasi usti
darhol oldingi usulda berkitiladi. Namlikni qayta aniqlash uchun namuna
olish yana 1-2 kundan keyin takrorlanadi. Namlikni olish texnikasi
yuqorida bayon etilgan usulda bajariladi. Agarda har gal olingan tuproq
namligi qatlamlarda deyarli o‘zgarmasa yoki yaqinroq bo‘lsa namlikni
aniqlash ishi to‘xtatiladi, aksincha, namlik ko‘rsatkichi bir-biridan keskin
farq qilsa, bu ish uchinchi marta takrorlanadi. DNS ni o‘rganish bo‘yicha
olingan ma’lumotlar quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topadi.
Tuproq Tuproq Tajribadan Tuproqning Dala nam sig‘imi
nomi va namunasi oldingi hajm Takrorlanishi o‘rtacha miqdori,%
uning olingan tuproq og‘irligi,
3
tafsiloti qatlam, namligi,% g/sm Tuproq Tuproq
sm 1 2 3 og‘irligiga massasiga
nisbatan nisbatan
DNSning miqdorini gektar hisobida kubometrda kerakli tuproq
qatlamlarida (0-50, 0-100, 0-200 sm va h.k.) ifodalash mumkin.
DNSni dalada aniklash imkoniyati bo‘lmasa uni laboratoriya
sharoitida tuproq qatlamlari buzilmasdan olingan monolitlarda o‘rganish
mumkin.
Tuproqning kapillyar va to‘liq nam sig‘imini aniqlash
Kapillyar nam sig‘imi (KNS) ni aniqlash, odatda, dala va
laboratoriya sharoitida olib boriladi. Laboratoriyada KNS quyidagi usulda
aniqlanadi. Balandligi 20-25 sm, diametri 2,0-2,5 sm bo‘lgan shisha naylar
olinib, bir tomoni batist yoki doka bilan berkitiladi. So‘ngra maydalangan
va teshiklari 1 mm li elakchalardan to‘ldiriladi va oldindan tayyorlangan
suv bilan to‘ldirilgan kristalizator (idish)ga tik qilib qo‘yiladi (buning
uchun maxsus shtativ o‘rnatilishi lozim). Suv nayning pastki qismidan
kapillyar ko‘tarilish orqali uning yuqorigi qismi tomon harakatlanadi.
Kuzatish naylarga solingan tuproqning ustki qismiga suv chiqquncha
152