Page 160 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 160
idishlarga solib, sun’iy ravishda namligini oshirib borishimiz lozim. Lekin,
baribir gipsli so‘rg‘ichlar bu maydalangan tuproq yuzasidan bir soat
bostirib qo‘yiladi va albatta idishdagi tuproqning namligi aniqlanadi.
Olingan ma’lumotlarni hisoblash yuqoridagi tartibda bo‘ladi. Tahlil tamom
bo‘lgandan so‘ng gipsli stakanchalarni yana quritishga qo‘yiladi va
keyingi kuzatish uchun tayyorlanadi.
Tuproq tabiiy namligini va undagi suv jamg‘armasini hisoblash
Ish tartibi: tuproq tabiiy sharoitda u yoki bu miqdordagi suvni
o‘zida ushlab turadi.
Tuproqdagi tabiiy namlik undagi umumiy suv jamg‘armasini
hisoblab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Suv jamg‘armasini hisoblash
orqali biz o‘simliklarga beriladigan suv me’yorini yoki sho‘r yuvish
me’yorini to‘g‘ri belgilaymiz. Dala tekshiruvi ishlarida hajm og‘irlikni
o‘rganadigan vaqtda ham tuproqning tabiiy namligini bilish shart. Agarda
lalmikor zona tuproqlarining tabiiy namligini aniqlash kerak bo‘lsa, bunda
tuproq qatlamining 10 m chuqurlikkacha (sizot suvlari yaqin joylarda suv
sathigacha) yilning har oyida, (bir necha yil surunkasiga) 1-m gacha har 10
sm, dan 5 m gacha esa har 20 smdan, qolgan chuqurlikda esa har 50 sm
dan tuproq namunasi olinadi. Bordi-yu, sizot suvlari chuqur joylashgan
maydonlarda tuproqning tabiiy namligini aniqlash sug‘orish, sho‘r yuvish,
ishlov berish kabi tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, bunday
holda namlikni 1-2 m chuqurlikkacha o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Haydalgan maydonlardan namlikni aniqlash uchun tuproq namunasini
olishda ba’zi bir qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.
Birinchidan haydalma va haydalma osti qatlamlarini to‘g‘ri ajratish
va ulardan namlikni aniqlash uchun alohida-alohida namunalar olish zarur.
Masalan, haydalma qatlami 0-32 sm haydalma osti qatlami esa 32-40 sm
chuqurlikda joylashgan tuproqdan quyidagi chuqurliklar (0-5; 5-15; 15-25;
32-40 sm) dan namuna olinadi. Bunday ishni bajarishdan maqsad suv
jamg‘armasini hisoblash vaqtida hatoga yo‘l qo‘ymaslikdir, chunki hamma
vaqt haydalma osti qatlami haydalma qatlamga nisbatan katta hajm
og‘irligiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida tuproqdagi qattiq va suyuq
fazaning nisbatiga ta’sir etadi.
Ikkinchidan namlikni olish uchun mo‘ljallangan nuqtalar konvert
usulda, hech bo‘lmaganda uchburchak usulida joylashtirilishi, har bir
chuqurlikdan olinadigan tuproq namunasi haydalma va haydalma osti
155