Page 163 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 163
koeffitsientiga ko‘paytirish orqali suv jamg‘armasini bir gektar uchun
kubometr hisobiga o‘tkazamiz. Masalan, Toshkent viloyatida bir yilda
2
yog‘ingarchilik miqdori 250 mm bo‘lishi kuzatiladi. Demak, har bir m er
3
yuzasiga shunchadan suv tushadi. Umumiy suv jamg‘armasi m /ga
hisobida quyidagicha topiladi.
2
3
3
10000 m · 250 mm = 2500000 mm = 2500 m /ga
Eslatma: namlikni aniqlashning termik uslublardan tashqari hozirgi
vaqtda bir qancha tezkor uslublar taklif etilgan. Masalan, tuproq
namunasini spirtda yondirib yoki 500 vattli infraqizil nurlar yordamida
aniqlash uslublari mavjud. Lekin, bu uslublar o‘ziga xos kamchiliklarga
ega bo‘lganligi uchun tekshirish ishlarida keng qo‘llanilmaydi.
Termik uslub namlikni aniqlashda ko‘p vaqtni olsada, aniq
ma’lumotlar berganligi uchun ham deyarli ko‘p laboratoriyalarda keng
qo‘llaniladi.
Sug‘orish me’yori hamda tuproqdagi fiziologik foydali suv
jamg‘armasini hisoblash
Sug‘orish me’yori hamda tuproqdagi fiziologik foydali suv
jamg‘armasini hisoblash uchun tuproqning DNS ko‘rsatkichi, sug‘orishdan
oldingi tuproqlardagi minimal (quyi) o‘simlik iste’mol qiladigan tuproq
suvining quyi chegarasi hamda hisoblash uchun kerakli chuqurlik
to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
O‘simlikning so‘lish namligi (O‘SN) ko‘rsatkichi namlikning quyi
chegarasi bo‘la olmaydi, chunki madaniy o‘simliklar O‘SN
ko‘rsatkichidan bir qancha yuqoriroq namlik sharoitida suvda bo‘lgan
tanqislikni seza boshlaydi. Ko‘pgina tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki,
tuproqdagi namlik ko‘rsatkichi uning DNS ga nisbatan 70 % ni tashkil
qilganda suv berilsa madaniy o‘simliklar bir me’yorda yaxshi o‘sib,
rivojlanib, yuqori hosildorlikka ega bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik
hisoblashlarda o‘simliklar o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan tuproqdagi suvning
quyi chegarasini DNS ga nisbatan 70 % deb belgilangan.
Har xil tuproqlarda, ayniqsa, mexanik tarkibiga ko‘ra, DNS tuproq
vazniga nisbatan 15-30 % orasida tebranib turadi. Har bir tuproq uchun
beriladigan suv me’yori ham har xil bo‘ladi.
Sug‘orish me’yori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
W = (A-B)·h+K
bu erda,
W – sug‘orish me’yori, m /ga hisobida;
3
158