Page 167 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 167
zonasini tashkil etish, suvni o‘z vaqtida solib turish va sarflangan suvni
to‘g‘ri hisobga olish zarur.
Tuproq namligini o‘lchashning neytron usullari
Tuproq namligini (NIV-2) namlikning neytron indikatori. Bu asbob
yordamida har xil chuqurlikdagi tuproq namligini statsionar sharoitda ko‘p
vaqt ichida o‘lchab turish mumkin.
Bu usulning asosiy vazifalari: katta tezlikda harakat qiladigan
neytronlarning vodorod yadrosi bilan munosabatiga asoslangan 2 xil
neytron uslubi asoslanadi (24-rasm):
1. Vodorod yadrosi harakatdagi neytronlarning tezligiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
2. Umumiy tuproqlarda namlikning asosiy qismini vodorod ioni
tashkil qiladi.
24-rasm. NIV-2 asbobining qisqacha tuzilishi quyidagicha:
1-impuls datchigi, 2-neytron manbasini ushlab turish moslamasi,
3-nazorat-kalibr moslamasi, 4-hisoblash moslamasi.
Har xil tuproq namligini o‘lchash uchun tuproq burlari yordamida
chiqarib olingan tuproqlar o‘rniga dyur alyuminiydan yasalgan trubalar
joylashtiriladi (1, 2, 3, 5, 10 metr) va ish davomida neytron manba zarur
bo‘lgan chuqurliklarga tushiriladi va namlik o‘lchanadi.
NIV-2 asbobi bilan namlikni o‘lchash tartibi. Tanlab olingan
maydonda tuproq burlari yordamida 50 mm diametrida zarur
chuqurlikgacha skvajina tayyorlanadi. SHu chuqurlikga maxsus truba
joylashtiriladi. Trubani joylashtirilganda trubani tashqi va tuproq devorlari
orasida bo‘sh masofa qolmasligi zarur. Tuproq namligini indikator kabeli
yordamida zarur chuqurlikga tushiriladi va o‘lchashdan oldin trubaning
162