Page 171 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 171

E-ma’lum  maydondan  yil  davomida  sarflangan  suv  miqdori,  mm
            simob ustunida;

                   M-tuproqni yog‘in-sochin suvlarini o‘ziga qabul qilish koeffitsienti.
                   Ma’lum  maydonni  nam  bilan  ta’minlanganlik  ko‘rsatkichi  (e)
            tuproqning yuzasi, strukturasi holati va hokazolarga bog‘liq holda o‘zgarib

            boradi.
                   Agarda:
                   e  >  1  –  bo‘lsa  -  mazkur  maydonda  tabiiy  namlik  ko‘p.  Maydon

            botqoqlanish xavfi ostida bo‘ladi.
                   e  =  1  –  bo‘lsa  -  tabiiy  namlanish  etarli  (optimal),  qurg‘oqchilik
            yillarda fiziologik aktiv namlik etishmaydi.
                   e < 1  – bo‘lsa - tabiiy namlik batamom etishmaydi,  maydon qisqa

            yoki uzoq muddatli qurg‘oqchilik xavfi ostida bo‘ladi.
                   Sug‘orishning turli davrlarida har xil tipdagi suv rejimi tiplari yuzaga
            keladi.  Sug‘orilayotgan  davrda  suv  rejimining  dastlab  yuviladigan  tipi

            shakllanib, keyin yuvilmaydigan va terlaydigan tiplari bilan almashinadi,
            natijada tuproqda namning davriy ko‘tarilib va pasayib turishi kuzatiladi.
                   Tuproqning suv rejimi qishloq xo‘jalik maydonlarida turli agrotexnik
            va agromeliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirish natijasida boshqarilib

            turiladi.
                   Tuproqning  suv  balansi  -  deganda  ma’lum  vaqt  ichida  suv
            jamg‘armasining  o‘zgarishi,  tuproqqa  keladigan  suvning  tushishi  (kirim)

            va  sarflanishi  (chiqim)  tushuniladi.  Bundan  tashqari  biz  tuproqning  nam
            rejimini farq qilishimiz kerak. Bu termin ostida biz tuproqdagi namlikning
            umumiy  va  qatlamlardagi  jamg‘armasi  o‘zgarib  borishini  tushunamiz.

            Namlik  manbai  asosan,  yog‘inlardir.  Nam  jamg‘armasining  havodagi
            bug‘simon  namlar  kondensatsiyasi  hisobiga  to‘ldirilishi  ikkinchi  darajali
            ahamiyatga  ega.  Sizot  suvi  yuza  joylashgan  hududlarda  sizot  suvidan

            ko‘tariladigan  kapillyar  namlik  –  tuproqdagi  namning  muhim  manbai
            hisoblanadi.  Sug‘oriladigan  dehqonchilik  sharoitida  esa  tuproqning
            namligi beriladigan suv hisobiga to‘ldiriladi.
                   Tuproqdagi         suv  balansi  G.N.Visotskiy  bo‘yicha  quyidagi

            elementlardan tashkil topadi:
                                           Suvning kelish manbalari
                   1. Yog‘inlar (yomg‘ir va qor).

                   2. Bug‘simon suvlarning tuproqdagi kondensatsiyasi.
                   3. Shamol yordamida chetdan olib kelingan qorlar.
                   4. Tuproq yuzasidan (chetdan) suvlarning kelishi.
                   5. Grunt suvlaridan kelgan oqimlar.

                                                            166
   166   167   168   169   170   171   172   173   174   175   176