Page 176 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 176

qaragan yonbag‘irlarda ancha qalin o‘sadi, shunga ko‘ra sentyabrga kelib,
            yonbag‘irlarda o‘simlik o‘zlashtira oladigan nam deyarli qolmaydi.

                   To‘q tusli bo‘z tuproqlarning ustki (30 sm li) qatlamidagi faol nam
            miqdori iyul oyigacha etadi. Keyinchalik kamayib, yog‘ingarchilik davri
            boshlangunga  qadar,  o‘simlik  o‘zlashtira  olmaydigan  darajaga  tushib

            qoladi.  Shuni  aytish  kerakki,  qish  har  qancha  sernam  bo‘lmasin,  agar
            bahorda  yog‘ingarchilik  kam  bo‘lsa,  buning  ustiga  shamolli  kunlar
            mahsuldorligiga, ayniqsa, boshoqli don ekinlarining hosildorligiga salbiy

            ta’sir  etadi.  Demak,  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarda  don  ekinlarining
            hosildorligi  mart  -  aprel  oylaridagi  yog‘in  -sochin  miqdoriga  bog‘liq
            bo‘ladi.  Aprel  oyida  tuproq  chuqurroq,  namlansa  (tuproqning  namlik
            darajasi yuqori bo‘lsa) yaylovlarda em - xashak mo‘l bo‘ladi.

                   To‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  zonasida  o‘rtacha  yillik  yog‘in-sochin
            miqdori  600  mm  ni  tashkil  etadi.  Buning  80%  qish  va  bahor  oylariga
            to‘g‘ri  keladi.  SHuning  uchun  ham,  aprel  oyida  tuproq  qatlami  chuqur

            namiqib, eng ko‘p nam to‘planadi.
                   Bug‘doyning pishib etilishi uchun bahorda tuproqda to‘plangan faol
            namning  qariyb  yarmi  sarflanadi.  Kuzatishlarga  qaraganda,  tuproq
            qatlamlaridagi namning bug‘lanib sarf bo‘lishi o‘rimdan keyin kuzgacha

            davom etadi.
                   Tajribaga ko‘ra, yonbag‘ir ko‘ndalangiga haydalganida tuproqda nam
            ko‘proq  to‘planib,  boshoqli  ekinlarning  hosildorligi  birmuncha  oshadi.

            Bahorda  2  m  li  tuproq  qatlamidagi  faol  nam  miqdori  230  mm  dan
            oshganda don hosildorligi gektariga 8 s, somon 18-18,6 s atrofida bo‘lgan.
                   Lalmikor  zonada  tuproq  namligini  oshirishning  hamda  saqlashning

            yana  muhim  bir  agrotexnik  tadbiri  -  ekin  maydonlari  uning  begona
            o‘tlardan  tozalanishi  va  tuproq  yuzasining  doimo  yumshoq  (g‘ovak)
            holatda saqlanishidir.

                   Xullas,  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarda  yillik  yog‘in-sochin  suvlarini
            tuproqqa  to‘liq  singishini  ta’minlovchi  sharoit  vujudga  keltirilsa,
            jamg‘arilgan  suvlarning  bekorga  sarflanishi  bartaraf  etilsa,  tuproq  tabiiy
            nami bilan yuqori hosil olish mumkin.

                   Tipik  bo‘z  tuproqlarning  suv  rejimi.  O‘zbekistonda  tipik  bo‘z
            tuproqlar ancha keng tarqalgan, ular, asosan dengiz sathidan 300 - 800 m
            balandlikdagi tog‘ oldi tekisliklari, adir va dasht zonalarini egallaydi. Tipik

            bo‘z  tuproqlarning  katta  qismi  sug‘oriladigan  dehqonchilik  bilan  band,
            ularda  ekinlardan  yuqori  hosil  olishni  ta’minlovchi  oziq  va  suv  rejimi
            yaxshi  bo‘lganligi  uchun  xozirgi  vaqtda  bu  erlar  butunlay  dehqonchilik
            sistemasiga jalb etilgan. Yuqori potensial unumdorlikka ega bo‘lgan tipik

                                                            171
   171   172   173   174   175   176   177   178   179   180   181