Page 174 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 174

bo‘lgan yillarda desuktiv terlovchi,  qurg‘oqchil yillarda esa impermatsid
            tipda joylashgan.

                   A.Sultonov (1979)  Angren havzasi tog‘ jigarrang  tuproqlari, qo‘riq
            va  lalmi  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarining  kimyoviy  tarkibi,  suv-fizik
            xususiyatlari  hamda  suv  tartibotini  relef  sharoitlariga  bog‘liq  ravishda

            batafsil  o‘rganib  chiqdi.  Suv  tartiboti  yil  davomida  o‘rganildi.  Tuproq
            namligi  vegetatsiya  davrida  har  dekadada  bir  marta,  yilning  boshqa
            mavsumlarida  esa  har  oyda  bir  marta  700-1000  sm  gacha  chuqurlikda

            o‘rganildi. Izlanishlar natijasida muallif aniqlashicha, 200 sm chuqurlikdan
            boshlab to‘q tusli bo‘z tuproqlar profilida etarlicha katta miqdorda suvda
            eruvchan  tuzlar  mavjud  bo‘lib,  u  mazkur  tuproqlarning  suv  tartibotiga
            muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.

                   Tuproqning harorat tartibotiga sug‘orishning ta’siri to‘g‘risida ayrim
            ma’lumotlar  Paxtaoroldagi  Bosh  geofizik  observatoriyasi  ekspeditsiyasi
            (1953) materiallarida keltiriladi.

                   Tog‘ zonasi tuproqlarining suv rejimi. Tog‘ zonasi tuproqlarining
            rivojlanishi,  ularning  takomillashishi,  tarqalishi,  kimyoviy  tarkibi,  fizik-
            kimyoviy  xossalari  va  fizikaviy  xususiyatlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar
            adabiyotlarda kam yoritilgan. Tog‘ mintaqasi tuproqlarining suv rejimini

            o‘rganish  va  uni  asosli  boshqarish  katta  ilmiy  va  ishlab  chiqarish
            ahamiyatiga  ega.  Tog‘  tuproqlarining  suv  rejimini  o‘rganish  hali  chuqur
            o‘rganish zarur bo‘lgan muammolarga kiradi.

                   O‘rmon tog‘ qo‘ng‘ir tuprog‘i va kashtan tuproqlarining suv rejimini
            o‘rganish  bo‘yicha  olingan  ma’lumotlarga  ko‘ra,  o‘rmon  qo‘ng‘ir
            tuproqlari  tarqalgan  erlarda    yog‘ingarchilikning  o‘rtacha  yillik  miqdori

            800-1000  mm  ga  etadi.  Bu  vaqtda  tuproq  ancha  chuqur  (o‘rtacha  4  m
            gacha) namlanadi.
                   Tuproqdagi  nam  o‘simliklarning  vegetatsiya  davrida  qisman

            sarflanadi. Bahorda tuproqning 0 - 2 m li qatlami 500 - 680 mm ga etadi,
            lekin kuzga borib tuproqning 2 m li qatlamida 260-290 mm nam qoladi.
            Suvning  bir  qismi  tuproq  qatlamlaridan  siljib,  pastlik  joylarda  er  betiga
            buloq bo‘lib chiqadi.

                   Kashtan  tuproqli  mintaqada  ham  yog‘in  -  sochin  ko‘p  bo‘ladi,  bu
            tuproqlar chuqur qatlamlargacha namlanadi.
                   Ya.Nosirov,  E.Qarshiboevlarning  “Novgarzon”  meteostansiyasining

            ma’lumotlariga qaraganda, 1969 yili kashtan tuproq zonasida yillik yog‘in
            -sochin  miqdori  1636  mm  ga  etgan.  Bu  esa  o‘rtacha  yillik  yog‘in
            miqdoridan  ikki  barobar  ko‘pdir.  Natijada  tuproqning  namlanish
            chuqurligi  5-6  m  dan  ham  oshgan.  Odatda,  bu  zonada  tuproqning

                                                            169
   169   170   171   172   173   174   175   176   177   178   179