Page 179 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 179

Och  tusli  bo‘z  tuproq  ob  -  havoning  kelishiga  qarab  40  -  120  sm
            gacha  chuqurlikda  namlanadi.  Och  tusli  bo‘z  tuproqlarda  o‘simlik

            foydalana  olmaydigan  namlik  to‘q  tusli  va  tipik  bo‘z  tuproqlardagiga
            nisbatan  1,5-2  baravar  kam.  Bu  esa,  albatta,  tuproq  mexanik  tarkibining
            engilligi, nam sig‘imining bir muncha kichik bo‘lishi bilan bog‘liqdir.

                   Tuproqda  qish  va  erta  bahorda  to‘plangan  nam  havo  isishi  bilan
            bug‘lanib  kamayadi  va  may  oyining  birinchi  o‘n  kunligida  tuproqning
            ustki 0,5 m li qatlamida o‘simlik o‘zlashtira oladigan foydali namdan asar

            ham  qolmaydi.  Don  va  boshqa  ekinlardan  yuqori  hosil  etishtirish  uchun
            O‘zbekiston  sharoitida  och  tusli  bo‘z  tuproqlarni  sug‘orishga  to‘g‘ri
            keladi.
                   Cho‘l  mintaqasi  tuproqlarining  suv  rejimi.  Cho‘l  tuproqlari

            respublikaning  yog‘in-sochin  juda  kam  bo‘ladigan  past  tekisliklarida
            tarqalgandir. Cho‘l zonasi tuproqlariga taqir, taqirsimon (taqirli) kulrang,
            qo‘ng‘ir va qumli tuproqlar kiradi.

                   Bu mintaqa tuproqlaridagi (Ya.Nosirov, E.Qarshibaev) tabiiy namlik
            hap qanday o‘simlik uchun ham kamlik qiladi. YOg‘in-sochin, asosan, erta
            bahorda  yog‘adi,  yillik  yog‘in  miqdori  110-120  mm  dan  oshmaydi.
            Bunday  namgarchilikda  tuproqning  yuza  qatlamigina  namlanadi.  Taqir

            tuproqlar  deyarli  namlanmaydi.  Taqirsimon  tuproqlarning  namlanish
            chuqurligi yog‘in-sochin mo‘l bo‘lgan yillarda ham 40 sm dan oshmaydi,
            namlanish  chuqurligi  o‘rtacha  25-30  sm  ni  tashkil  etadi.  Taqir  va

            taqirsimon  tuproqlarning  yuza  namlanishiga  yog‘in-sochin  miqdorining
            kamligi, shuningdek bu tuproqlarning suv o‘tkuzuvchanlik qobiliyatining
            kam bo‘lishi tufaylidir. Masalan, taqir tuproqlar 5 sm qalinlikdagi suvga

            bostirilib, bir sutka turganida ham tuproqning atigi 5-6 sm li yuza qatlami
            namlanadi.  Tushgan  yog‘in-sochindan  taqirlarning  yuza  qatlami  tezda
            bo‘kib, o‘ziga xos suv o‘tkazmaydigan yupqa parda hosil qiladi. Bunday

            paytlarda  suvning  juda  oz  qismi  tuproqqa  singib,  asosiy  qismi  havoga
            bug‘lanib ketadi.
                   Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning namlanish chuqurligi yog‘in-sochin
            miqdoriga  va  ko‘pincha  mexanik  tarkibga  bog‘liq  bo‘lib  40-120  sm

            atrofidadir. Respublikamizning shimoliy hududlaridagi qo‘ng‘ir tuproqlar
            birmuncha chuqurroq (60-70 sm), janubiy hududlaridagi tuproqlar esa 40
            sm  chuqurlikda  namlanadi.  Qumli  tuproqlar  40  sm  dan  200  sm  gacha

            namlanishi mumkin, lekin ko‘pincha 100 sm chuqurlikgacha namlanadi.
                   Umumiy  suv  jamg‘armasining  miqdori  cho‘l  tuproqlarida  har  xil,
            buning  asosiy  sababi  yog‘in-sochin  miqdorining  ko‘p-ozligiga,
            tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligiga, ayniqsa, granulometrik tarkibining

                                                            174
   174   175   176   177   178   179   180   181   182   183   184