Page 183 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 183
Paxta maydonlarida suv sarfi miqdorining o‘zgarishidagi bu
qonuniyat boshqa xil tuproq-iqlim va meliorativ sharoitda ham qayd
qilinadi.
Respublikamizning paxta etishtiradigan hududlarining iqlim
sharoitlari bir xil emas. Shu munosabat bilan mazkur hududlarda
tushadigan yog‘in-sochin miqdori, tuproqning namlanish darajasi, undan
sarflanadigan suv miqdori va h.k. o‘zgaradi. Masalan, Qoraqolpog‘istonda
0
0
0
o‘rtacha yillik harorat 10 S, Toshkentda 13,5 , Termizda -17 S ni tashkil
etadi. Binobarin, bunday sharoitda tuproqning isish darajasi undan
sarflanadigan suv miqdori bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Bu
ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning paxta etishtiradigan hududlari 3 ta
zonaga bo‘linadi: shimoliy tumanlarda - bunga Qoraqolpog‘iston, Xorazm
tumani: markaziy zona Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax.
Sirdaryo tumanlari; janubiy zona – bunga Buxoro, Navoiy, Surxondaryo,
Qashqadaryo tumanlari kiradi va bu mintaqalar uchun sug‘orish me’yorini
belgilashda quyidagi koeffitsientlar qabul qilinadi: shimoliy mintaqa
uchun 0,8; markaziy mintaqa – 1,0; janubiy mintaqa – 1,2. Masalan,
Markaziy mintaqa tumanlari uchun g‘o‘zaning yillik sug‘orish me’yori
3
5000 m deb belgilangan bo‘lsa, bu me’yor shimoliy mintaqa tumanlari
belgilangan bo‘lsa, bu me’yor shimoliy mintaqa tumanlari uchun
3
3
5000x0,8=4000 m , janubiy mintaqa tumanlari uchun 5000x1,2=6000 m
ni tashkil etadi. Darhaqiqat, shimoliy paxta etishtiriladigan hududlarda
iqlim birmuncha salqin va nam bo‘lganligidan bu erlarda g‘o‘zaning suvga
bo‘lgan ehtiyoji markaziy, ayniqsa janubiy mintaqalardagiga qaraganda
ancha kamdir.
G‘o‘zaning sug‘orish rejimi va miqdori tuproqning suvi fizik
xossasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shag‘al-tosh yoki qum qatlami
yuza (30-50 sm chuqurlikda) joylashgan erlarda g‘o‘zani oz me’yor bilan
tez-tez sug‘orib turish kerak. Shag‘al-tosh yoki qum qatlami chuqur
joylashgan erlarda tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra quyidagicha
3
tabaqalanadi: engil tuproqlarda 600-700 m , og‘ir tuproqlarda 900-1100
m suv sarflanadi.
3
Erlarning ishlanganlik darajasi va tuproqning unumdorligi ham
sug‘orish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Er qancha unumdor bo‘lsa, hosil
ham shuncha ko‘p, demak, paxta etishtirish uchun ham o‘suv davrida
sarflanadigan suvning umumiy miqdori (sug‘orish me’yori) ham ko‘p
bo‘ladi. Ammo, bu holda mahsulot birligini (masalan, har sentner paxtani)
hosil qilishga suvning nisbiy sarfi hamma vaqt oz bo‘ladi.
178