Page 188 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 188
yoqalaridagi terrasalarda hosil bo‘luvchi sizot suvi yaqin joylashgan
o‘tloqi va botqoq tuproqlarning havosida esa SO2 gazi erta bahordan to
kech kuzgacha muttasil ko‘pdir.
Haqiqatan ham lalmikor erlarda SO2 gazi, asosan, o‘simlik va
mikroorganizmlarning nafas olishidan ajralib chiqsa, o‘tloqi va ayniqsa,
o‘tloqi botqoq tuproqlarda SO2 gazi, asosan o‘simlik va hayvon
qoldiqlarining kislorodsiz (anaerob) sharoitda parchalanishidan hosil
bo‘ladi.
Tuproqning havosining fizikaviy xossalari uning havo sig‘imi,
aeratsiyasi, havo o‘tkazuvchanligi va boshqa shunga o‘xshash
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin.
Tuproqning umumiy havo sig‘imi deb quruq holdagi tuproqning
og‘irligiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadigan havoning maksimal
miqdoriga aytiladi. Odatda, havo sig‘imining hajmi strukturali, mexanik
tarkibi engil, g‘ovakli tuproqlarda katta bo‘ladi. Mexanik tarkibi og‘ir
bo‘lgan strukturasiz zich tuproqlarda havo sig‘imi past bo‘ladi.
Umumiy havo sig‘imi kapillyar hamda nokapillyar sig‘imlardan
tashkil topgan bo‘ladi.
Tuproqning kapillyar havo sig‘imi deb quruq holatdagi
tuproqlarning mayda kapillyar naychalari orasida ma’lum miqdordagi
havoni singdirish va ushlab qolish qobiliyatiga tushuniladi. Kapillyar havo
sig‘imi qancha katta bo‘lsa tuproqdagi havoning harakati shuncha
sekinlashadi.
Nokapillyar havo sig‘imi. Nokapillyar g‘ovaklikni tashkil qiluvchi
va tuproq qatlamlari oralig‘idagi har xil g‘ovakliklar, teshiklar va turli xil
jonivorlarning inlari tuproqning havo rejimiga ta’sir qiladi.
Tuproq qatlamlari kapillyar namlik bilan to‘yingan vaqtda
nokapillyar g‘ovakliklar mavjud bo‘lgan tuproq ma’lum miqdordagi havo
miqdoriga ega bo‘ladi. Nokapillyar havo sig‘imi deb tuproqning suv bilan
kapillyar namlik darajasigacha to‘yingan vaqtida ma’lum darajada erkin
havoni o‘zida ushlab turish qobiliyatiga aytiladi. Nokapillyar va kapillyar
havo sig‘imlari o‘rtasidagi nisbat tuproqning havo-fizikaviy xossalarining
eng asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Strukturali tuproq har doim
ma’lum miqdorda nokapillyar g‘ovaklikka ega bo‘ladi. Tuproqda namlik
ko‘p bo‘lgan taqdirda ham bu g‘ovakliklar tuproq havosi bilan to‘lib,
tuproq ichini havo bilan ta’minlaydi.
Tuproq aeratsiyasi. Hajmga nisbatan foiz hisobida ifodalangan va
tuproqda ushlanib turadigan havoning xaqiqiy miqdoriga tuproq
aeratsiyasi deyiladi.Uning miqdori tuproqdagi g‘ovaklik va namlikning
183