Page 189 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 189

farqi  bilan  belgilanadi.  Tuproqdagi  namlikning  oshishi  bilan  aeratsiya
            kamayib boradi, chunki bunday sharoitda tuproq hajmining ko‘p qismi suv

            bilan  band  bo‘ladi.  Tuproq  quruq  holatda  bo‘lganda  aeratsiyaning
            maksimal darajasiga erishiladi. Tuproq aeratsiyasi zaxob erlarda zovurlar
            qazib va quvurlar yotqizib quritish, sug‘orish va erni chuqur haydash kabi

            meliorativ  hamda  agrotexnik  choralarni  qo‘llash  natijasida  o‘zgarishi
            mumkin.
                                                                    2
                   Tuproqlar ham nafas oladi, ya’ni 1 m  er har sutkada o‘rtacha 10 litr
            atrofida  SO2  gazi  chiqarib,  shuncha  kislorodni  (O2)  singdirishi  mumkin.
            Tuproq tashqariga qanchalik SO2 gazi chiqarsa, unda shunchalik biologik
            jarayonlar  tez  va  yaxshi  ketayotgan  bo‘ladi.  Tuproqning  atmosfera
            havosiga  SO2  gazi  chiqarish  tezligi  va  miqdoriga  qarab  bu  tuproqlarda

            ketayotgan biologik jarayonlarning shiddatli yoki sust ekanligini bilamiz.
            SHiddatli biologik jaryonda havo yaxshi almashinuvchi g‘ovak, bir oz nam
            chirindiga  boy  tuproqlarga  xos  bo‘lib,  bunday  tuproqlarda  o‘simliklar

            hammavaqt  o‘zini  juda  yaxshi  sezadi.  Zich,  sernam  va  strukturasiz
            tuproqlarda esa tuproq havosini atmosfera havosi bilan almashinishi qiyin
            bo‘lgani  uchun  SO2  va  boshqa  gazlarning  miqdori  juda  oshib  ketib
            o‘simliklarni zaharlaydi.

                                                                                                      0
                                                                          2
                   Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, 1 m  tuproq yuzasidan 15 S da
            kuniga  7-10  l  karbonat  angidridi  ajralib  chiqadi.  Tuproqning  20  sm  li
            qatlamidan  ajraladigan  SO2  gazi  1,5  soat  davomida  atmosfera  chiqmasa

            uning  tuproqdagi  konsentratsiyasi  1,5  marta,  14  soat  davomida  esa  10
            martadan  ko‘proq  ortadi.  N.P.Poyasov  tomonidan  olib  borilgan  dala
            tajribalarida  48  soat  davomida  tuproqdan  atmosferaga  chiqadigan  SO2

            gazini bartaraf qilsak, mazkur gazning tuproq havosidagi konsentratsiyasi
            4,2 % ni, kislorod miqdori esa 13,5 % ni tashkil etadi.
                                                                                                            2
                   Bizning  hisobimiz  bo‘yicha  mazkur  tajriba  maydonining  1  m
            yuzasidan  1  soat  davomida  35  ml,  karbonat  angidrid  gazi  (SO2)  ajralib
            chiqadi.
                   Xullas,  tuproqda  SO2  gazining  hosil  bo‘lishi  va  kislorodning  (O2)
            iste’mol  qilinishi  tuproqning  harorat  holatiga  bog‘liq  bo‘lib,  bu

            jarayonning  borishi  esa  o‘z  navbatida  undagi  mikroorganizmlar  faoliyati
            bilan  belgilanadi.  SHuni  ta’kidlash  kerakki,  mikroorganizmlar  va
            o‘simliklar faoliyatida tuproq havosining roli katta. A.A.Kudryavsevning

            steril sharoitdagi tajribalarida 1 g no‘xatning quruq massasini hosil qilish
            uchun uning ildizlari orqali 1,2-1,6 mg, 1 g makkajo‘xori uchun esa – 0,35
            mg kislorod iste’mol qilinadi. Bu miqdor dala sharoitida (steril bo‘lmagan
            holda) ya’ni mikroorganizmlar faoliyati bartaraf qilinmagan sharoitda 67

                                                            184
   184   185   186   187   188   189   190   191   192   193   194