Page 186 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 186
8. To‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z, och tusli bo‘z tuproqlarning suv rejimi
qanday?
9. Cho‘l zonasi tuproqlarining suv rejimi qanday?
10. Tuproq suv rejimining irrigatsion tipi va uning g‘o‘za
rivojlanishiga ta’siri qanday?
§4.7. Tuproqning havo xossalari
Tuproq havosi uning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. U tuproq hosil
bo‘lish jarayonida va o‘simlik hayotida muhim ahamiyatga ega.
O‘simlikning tuproq havosiga talabi juda katta. SHuning uchun ham
tuproqning havo tarkibini o‘rganish uning miqdorini boshqarish
choralaridan biri hisoblanadi. Tuproqning gazsimon fazasi uning qattiq va
suyuq fazalari, shuningdek, unda yashayotgan har qanday organizmlar
bilan har doim murakkab munosabatda bo‘lib turadi.
Tuproq havosi to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni 1824 yilda
Bussengo bergan. Bussengo va Levi (1853 yilda) tuproq havosi tarkibiy
qismlarining quyidagi diapazonda tebranib turishini ko‘rsatib berdilar:
umumiy havo hajmiga nisbatan foiz hisobida:
O - 10,35-20,03; N - 78,8-80,24; SO2 - 0,74-9,74
V.Pettenkofer 1871 yilda tuproqdagi SO2 miqdori tuproqning pastki
qatlamlarida orta boradi, bu esa o‘z navbatida, unda mavjud bo‘lgan
organik qoldiqlarning chirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi.
P.S.Kossovich (1904) fikricha, tuproq havosi tarkibidagi karbonat
angidrid gazi faqatgina mikroorganizmlar faoliyati natijasida emas, balki
o‘simliklarning ildiz sistemalari tomonidan ajralib chiqadigan SO2 gazi
hisobida ham oshishini ko‘rsatib berdi. Masalan, gorchitsa ildizi
vegetatsiya davomida bir gektarida 2250 kg SO2 ajratadi.
A.A.Kudryavseva (1927) ko‘p yillik olib borgan tekshirishlar
natijasida tuproq havosidagi kislorod, agarda atmosfera havosi bilan
almashinib turmasa o‘simliklar va mikroorganizmlar hayotini ta’minlay
olmasligini ko‘rsatadi.
O‘tgan asrning 30-yillaridan keyin tuproq havosini o‘rganish bilan
N.A.Kachinskiy, F.YU.Gelser, P.V.Vershinin, N.P.Poyasov, I.B.Revut va
boshqalar shug‘ullandilar. Ular tuproqning unumdorligi uning havosi va
havo rejimini o‘simliklarning talabiga monand holda boshqarish bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lar ekan, degan xulosaga keldilar.
Tuprok g‘ovaklarining suv bilan band bo‘lmagan qismida havo
saqlanadi. Havo asosan atmosfera havosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsada,
181